O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Xitoyning Nankin politexnika instituti xalqaro hamkorlik va almashinuv departamenti direktori Shan Veylay bilan muzokara o‘tkazdi.
Unda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, o‘zbekistonlik talabalarni Nankin politexnika institutida fundamental kasblar bo‘yicha yuqori malakali ixtisoslashgan mutaxassislar etib tayyorlash imkoniyatlari muhokama qilindi.
Mehnat migrantlarining malakasini oshirish uchun O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan markazlarni ochish masalalariga e’tibor qaratildi.
Mavjud bo‘lgan salmoqli tajribani inobatga olgan holda, Xitoy tomoni ushbu sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida taklif etilgan loyiha va dasturlarni batafsil muhokama qilish uchun Nankin politexnika instituti delegatsiyasining O‘zbekistonga ishchi safarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.