Bugun, 9 noyabr kuni soat 11:40 da Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Sarijar qishlog‘i yaqinida harbiy vertolyot qattiq qo‘nishni amalga oshirdi. Natijada Qozog‘iston Mudofaa vazirligining MI-8 rusumli vertolyoti yonib ketgan.
FVVning xabar berishicha, voqea joyiga 5 ta texnika va 23 nafar shaxsiy tarkibdan iborat kuch va vositalar jo‘natilgan hamda yong‘in o‘chirilgan.
MI-8 rusumli vertolyot bortida 3 kishi bo‘lgan. Ulardan biri vafot etdi. Jarohatlanganlar mudofaa vazirligining Yak-40 samolyotida Aqto‘be shahriga yetkazildi.
Fojia sabablariga aniqlik kiritilmoqda.