O‘tkazilgan muzokaralarda mazkur uyushma tomonidan 2025 yilda tashkil etiladigan xalqaro ingliz tili olimpiadasining mintaqaviy bosqichini Samarqand shahrida o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Hippo English without Borders – bu Italiya Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi shafeligida o‘tkaziladigan xalqaro ingliz tili fani olimpiadasi bo‘lib, asosiy tili ingliz bo‘lmagan 65 ta davlatdan, shu jumladan O‘zbekistondan o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazadilar.
Joriy yilda ushbu olimpiadada 90 mingga yaqin o‘quvchi, shundan 4400 nafar mamlakatimiz yoshlari murosasiz bellashuvlarda qatnashgan. Mazkur tanlov to‘rtta, jumladan, hududiy imtihonlar, mamlakat g‘oliblari, mintaqaviy va dunyo g‘oliblari kabi saralash bosqichlaridan iborat. Imtihonlarning yakuniy bosqichi esa Italiyada o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan mintaqaviy bosqichda Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya va Mo‘g‘uliston davlatlaridan ishtirokchilar qatnashishi kutilmoqda.