Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi

O‘zbekiston 10:48 / 08.11.2024 1227

Ijtimoiy tarmoqlarda "Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti munosabati bilan Toshkentda 8-10 noyabr kunlari ayrim ko‘chalar yopilishi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ushbu xabar o‘tgan, 2023 yilgi ekanligini ma’lum qildi.

Tarmoqlardagi ayrim sahifalarning ma’murlaridan aniqlik kiritmasdan ma’lumot tarqatib, jamoatchilikni chalg‘itmaslik so‘raldi.

Ko‘proq yangiliklar: