Shavkat Mirziyoyev bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi

O‘zbekiston 22:18 / 08.11.2024 1688

«Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.

Hujjat bilan o‘zining fidokorona mehnati, bilim va malakasi bilan aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yuksaltirish, ilg‘or xorijiy tajriba va davolash usullarini amaliyotga keng joriy etish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, yuqori kasb mahoratiga ega kadrlarni tayyorlash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlandi:

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Abduraxmanov Akram Abdusattarovich — Respublika bolalar kam invaziv va endovizual xirurgiya ilmiy-amaliy markazi jarrohi;

Batirov Abduraxman Ruzumbayevich — Boyovut tumanidagi «Boyovut To‘maris shifo» mas’uliyati cheklangan jamiyati bolalar shifokori, Sirdaryo viloyati;

Jalolova Xafiza Muxtorovna — Pop tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi mudiri, Namangan viloyati;

Xudayberdiyev Kobil Tursunovich — Andijon davlat tibbiyot institutining travmatologiya, ortopediya va neyrojarrohlik kafedrasi mudiri, Andijon viloyati.

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

Avezova Gulnora Rustamovna — Respublika tez tibbiy yordam markazining Navoiy viloyati filiali Qiziltepa tumani bo‘limi bosh feldsheri;

Allakulov Islambay Madrimovich — Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining reanimatsiya bo‘limi mudiri;

Berdiyeva Muqaddas Xasanboyevna — Sharof Rashidov tumanidagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi hamshirasi, Jizzax viloyati;

Maulenov Babaraushan Jumabayevich - Shumanay tumani tibbiyot birlashmasining qabul bo‘limi anesteziolog-reanimatologi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

Maxmatmuratova Gulsina Islamovna — Urgut tumanidagi «Sharof Rashidov» oilaviy shifokorlik punkti umumiy amaliyot shifokori, Samarqand viloyati;

Memdjanova Aliya Nuriyevna — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Farg‘ona filiali laboratoriya bo‘limi mudiri, Farg‘ona viloyati;

Nazarov Akmal Bobamurotovich — Parkent tumani tibbiyot birlashmasining jarrohlik bo‘limi mudiri, Toshkent viloyati;

Saidov Ashur Saparovich — Bandixon tumanidagi 44-oilaviy poliklinikasi oilaviy shifokori, Surxondaryo viloyati;

Safarov Orif Muradullayevich — Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali oftalmologi, Buxoro viloyati;

Shukurov Abduraxman Raupovich — Qarshi shahri markaziy shifoxonasining reanimatsiya bo‘limi mudiri, Qashqadaryo viloyati.

«Do‘stlik» ordeni bilan

Djumabayeva Roza Bazarbayevna — Bo‘stonliq tumanidagi «Pskom» oilaviy shifokorlik punkti patronaj hamshirasi, Toshkent viloyati;

Salaxitdinov Shuxratjon Najmitdinovich — Bolalar milliy tibbiyot markazi direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari – bosh shifokori;

Smetova Gulnar Joldasbayevna — Kegeyli tumanidagi «Aqtuba» oilaviy shifokorlik punkti umumiy amaliyot shifokori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

Xakimova Soxibaxon Obidjanovna — Andijon tumanidagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi kichik tibbiy xodimi, Andijon viloyati;

Xlevnaya Yelena Andreyevna — Guliston shahri ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori, Sirdaryo viloyati;

Shamsiyev Azamat Muxitdinovich — Samarqand davlat tibbiyot universitetining bolalar xirurgiyasi kafedrasi professori.

«Sog‘lom turmush» medali bilan

Artiqova Hulkar Akramovna — G‘allaorol tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi patronaj hamshirasi, Jizzax viloyati;

Namozova Munisa Salomovna — G‘ozg‘on shahri tibbiyot birlashmasi tibbiy brigada hamshirasi, Navoiy viloyati;

Niyazova Diloram Askarovna — Toshkent shahridagi 2-bolalar jarrohlik klinik shifoxonasining jarrohlik bo‘limi katta hamshirasi;

Ujarova Dilbar Xurramovna — G‘uzor tumanidagi «Qovchin» oilaviy shifokorlik punkti shifokori, Qashqadaryo viloyati;

Xusanova Norbegim Rivojovna — Paxtachi tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining epidemiologiya va immunoprofilaktika bo‘linmasi mudiri, Samarqand viloyati;

Hamdamova Muhayyoxon To‘xtasinovna — Buxoro davlat tibbiyot institutining akusherlik va ginekologiya kafedrasi professori, Buxoro viloyati;

Homidjonova Rano Jiyanovna — So‘x tumanidagi «Lenbur» oilaviy shifokorlik punkti hamshirasi, Farg‘ona viloyati.

«Shuhrat» medali bilan

Jumaboyev Otabek Toshtemirovich — Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon filiali jarrohi, Andijon viloyati;

Qobilov Botir Zakirovich — Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax filiali xirurgiya bo‘limi mudiri, Jizzax viloyati;

Musayev Ulug‘bek Ergashaliyevich — Mingbuloq tumanidagi «Med Layt» xususiy klinikasi rahbari, shifokor-terapevti, Namangan viloyati;

Sultanova Zulfiya Radjapbayevna — Tuproqqal’a tumanidagi «Sarimoy» oilaviy shifokorlik punkti patronaj hamshirasi, Xorazm viloyati;

Tangirbergenov Rustam — Respublika tez tibbiy yordam markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialining Beruniy tumani bo‘limi haydovchisi;

Tillaboyev Sodiqjon Valiyevich - Furqat tumani tibbiyot birlashmasining qabul bo‘limi jarrohi, Farg‘ona viloyati;

Sharipov Islamjan Mamatxanovich — Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining kam invaziv yurak-qon tomir jarrohligi bo‘limi mudiri;

Sharipova Ra’no Rustamovna — Sariosiyo tumanidagi «Guliston» oilaviy shifokorlik punkti patronaj hamshirasi, Surxondaryo viloyati;

Yarmatov Alisher — O‘zbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasi a’zosi, Samarqand viloyati.

Ko‘proq yangiliklar: