Rossiyada «dvornik»larning o‘rtacha ish haqi deyarli 30 foiz oshdi

Jahon 22:04 / 08.11.2024 5316

Rossiyaning onlayn ish qidirish xizmati tahlilchilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, yanvar-sentabr oylarida ko‘cha tozalovchi «dvornik»larga bo‘lgan talab o‘tgan yilga nisbatan 47 foizga oshgan.

Qayd qilinishicha, ularga eng katta talab Sankt-Peterburg, Qozon, Moskva, Novosibirsk va Omskda qayd etilgan.

Davlat Dumasining Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Svetlana Razvorotneva so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda «dvornik»larning yetishmasligi bu yil qishda ko‘proq seziladi, chunki ko‘pchilik serdaromadroq kuriyerlik kasbini afzal ko‘ra boshlagan.

Ta’kidlanishicha, «dvornik»ning ish haqi ko‘p jihatdan mintaqaga va qaysi kompaniyada ishlayotganiga bog‘liq: boshqaruv kompaniyasi, uy-joy mulkdorlari shirkati yoki xususiy kompaniya.

Xususiy korxonalarda daromadlar ancha yuqori va bozorga yo‘naltirilgan. Bu yil ko‘plab shaharlarda odamlarni xizmatga jalb qilish uchun ish beruvchilar tariflarni oshirgan, shuningdek, nafaqalar, koeffitsiyentlar va bonuslar to‘lashni boshlagan.

Ish qidirish xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rtacha ish haqi takliflari 29 foizga oshib, to‘liq kun uchun oyiga 43020 rublni tashkil etdi (1 rubl ≈ 155 so‘m).

Sankt-Peterburgda «dvornik»ning o‘rtacha ish haqi 55403 rublni (+32 foiz) tashkil qiladi. Ko‘cha tozalovchi ishchilar uchun ish haqi takliflari bo‘yicha yetakchilar Sochi (46 155 rubl) va Xabarovsk (43 217 rubl). Moskvada bunday ishchilar eng ko‘p maosh oladi - o‘rtacha 61 610 rubl.

Bundan tashqari, xodimlarni saqlab qolish uchun ular turar joy va turli xil «yaxshi narsalar» ham taklif qilinadi: moslashuvchan ish soatlari, ovqatlanish, transport, qulay dam olish joylari va hatto bolalar uchun sovg‘alar.

Ko‘proq yangiliklar: