Janubiy Koreyada 129 tonnali baliqchilar kemasi cho‘kib ketdi: 12 kishi bedarak yo‘qoldi

Jahon 19:53 / 08.11.2024 2684

Janubiy Koreyadagi Chedju orolida baliqchilar kemasi cho‘kib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi va yana 12 kishi bedarak yo‘qoldi, deb xabar beradi Yonhap agentligi.

Og‘irligi 129 tonnani tashkil etgan «Kimson» kemasida 27 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan — ularning 16 nafari janubiy koreyalik, 11 nafari esa indoneziyalik bo‘lgan. 8 noyabr kuni soat 04:31 da sohilni qo‘riqlash xizmati kema Chedjudagi Biyan orolidan 24 kilometr uzoqlikda cho‘kayotgani to‘g‘risida falokat signalini olgan.

Ko‘rsatilgan tezkor yordam natijasida 27 nafar ekipaj a’zosidan 15 nafari qutqarilgan. Ikki nafar Janubiy Koreya fuqarosi og‘ir ahvolda topilgan va shifoxonada yotqizilgan. Ammo ko‘p o‘tmay ularning joni uzilgan.

Shuningdek, yana 12 kishi bedarak yo‘qolgan — ularning ikki nafari indoneziyalik, qolganlari janubiy koreyalik.

Qutqarib olingan ekipaj a’zolarining aytishicha, ular boshqa bir kemaga ko‘mir ortayotgan vaqtida o‘zlarining kemasi kutilmaganda ag‘darilib, cho‘ka boshlagan. Mamlakat prezidentining matbuot kotibi Chon Xe Chjonning so‘zlariga ko‘ra, Janubiy Koreya rahbari sodir bo‘lgan holatdan xabardor qilingan va u tegishli idoralarga bedarak yo‘qolganlarni qutqarish uchun barcha resurslarni jalb etishni buyurgan.

Ko‘proq yangiliklar: