Buxoroda Xitoy ishtirokida sanoat parki barpo etiladi

O‘zbekiston 12:23 / 08.11.2024 1858

Unda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni yanada rivojlantirish borasidagi tizimli ishlarni yanada kuchaytirish masalalari xususida fikr almashildi.

Xitoy vakili tashkilotning ko‘p yillik faoliyati asosan Yevropa davlatlari bilan iqtisodiyotning turli yo‘nalishlarida hamkorlikni mustahkamlashga yo‘naltirilganini bildirdi.

"Biroq, so‘nggi yillarda BRIKS, MDH, Ko‘rfaz arab davlatlari hamda Markaziy Osiyo, birinchi navbatda, O‘zbekiston bilan kooperatsiya aloqalarni kengaytirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda", dedi u.

Assotsiatsiyasi ijrochi raisi Lin Lyan, shuningdek, O‘zbekistonning mintaqadagi markaziy joylashuvi va uning salohiyatidan kelib chiqib, mahalliy ishbilarmon doiralari tomonidan mamlakatda qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish  yuqoriligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida Guandun provinsiyasidagi yetakchi kompaniyalar ishtirokida Buxoro viloyatida "Sanoat parki"ni barpo etish, mahalliy ishbilarmon doiralarning mamlakat hududlariga biznes-missiyalarini amalga oshirish, Xitoyning janubiy qismida "O‘zbekiston savdo uyi"ni ochish kabi loyihalarni ishlab chiqishga kelishib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: