Farg‘onada to‘rt kishi ovqatdan zaharlandi

Jamiyat 17:24 / 07.11.2024 2196

Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida to‘rt kishi ovqatdan zaharlandi. Bu haqda Canepidqo‘mita xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 6 noyabr kuni tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Yuqumli kasalliklar bo‘limiga 4 nafar bemor oshqozon-ichak faoliyati funksiyasining buzilishi tashxisi bilan yotqizilgan. Xabarnomaga asosan Canepidqo‘mita xodimlari tomonidan sanitariya-epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilgan.

Surishtiruv davomida bemorlarning 2 nafari 5 noyabr kuni tushlik vaqtida O‘zbekiston tumani, Yaypanbozorbosh mahallasidagi fastfud shoxobchasida xot-dog iste’mol qilgani, yana 2 nafari Oqtepa mahallasidagi fastfud shoxobchasida xot-dog iste’mol qilgani aniqlangan.

Bemorlarning umumiy holati qoniqarli ekani ta’kidlanmoqda.

Holat yuzasidan Sanepidqo‘mita mutaxassislari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: