O‘zbekistonda 2030 yilgacha “yashil” energiya manbalari 40 foizga yetkaziladi

O‘zbekiston 09:42 / 06.11.2024 1320

O‘zbekiston bosh vaziri matbuot xizmati xabariga ko‘ra, forumda bosh vazir Abdulla Aripov so‘zga chiqdi. 

Xitoy O‘zbekistonning eng yirik savdo va investitsiyaviy hamkori hisoblanishi, o‘tgan yilda tovar ayirboshlash 14 milliard dollarga yetgani, yaqin istiqbolda uning hajmini 20 milliard dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar va eng muhimi birgalikda rivojlanish uchun xohish borligi ma’lum qilindi.

Oxirgi yillarda Xitoydan O‘zbekistonga jalb qilinayotgan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hajmi besh barobar, qo‘shma korxonalar soni esa uch barobar oshdi. Qo‘shma loyihalar portfeli 53 milliard dollardan ziyodni tashkil etdi.

Ma’lum qilinganidek, oxirgi yillarda mamlakatda 60 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Xalqaro moliya institutlarining 14 milliard dollardan ortiq mablag‘lari ijtimoiy va infratuzilma sohalarini rivojlantirishga yo‘naltirildi. 2030 yilgacha “yashil” energiya manbalarini 40 foizga yetkazish borasida ish olib borilmoqda.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston barcha davlatlar bilan turli sohalarda aloqalarni kengaytirish, jumladan, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdordir.

Ko‘proq yangiliklar: