O‘zbekiston Eronning Chobahor porti hududidan terminallar sotib olishi mumkin
O‘zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Eronning yo‘l va shaharsozlik vaziri o‘rinbosari - Portlar va dengizchilik tashkiloti rahbari Ali Akbar Safoi bilan uchrashdi.

Foto: "Dunyo" AA
Muloqot davomida transport va logistika sohasida o‘zaro hamkorlik istiqbollari, Eronning dengiz portlari, shu jumladan, Chobahor portidan foydalanish borasida muzokaralarni jadallashtirish masalasi muhokama etildi.
Ali Akbar Safoi Eron rahbariyatining Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish qat’iyatiga ishora qilib, Eron mazkur mintaqa mamlakatlari bilan tranzit va transportni mustahkamlashga katta ahamiyat berishini ta’kidladi.
Portlar va dengizchilik tashkiloti rahbari O‘zbekiston tomoniga Erondagi muhim transport-logistika "hab"laridan biri hisoblangan Chobahor porti imkoniyatlaridan keng foydalanish, uning hududidan omborxona va turli terminallar qurish yoki sotib olish mumkinligini e’tirof etdi.
Mavzuga oid

09:45 / 27.11.2024
To‘lov terminallariga MSS-kodlar biriktiriladi

16:26 / 17.10.2023
Humo to‘lov tizimi bilan yana muammolar yuzaga keldi

12:03 / 01.09.2023
Toshkent aeroporti mahalliy terminalining old qismi rekonstruksiyadan so‘ng ochildi

11:55 / 06.06.2023