Joriy yil sentabrda boshlangan loyihada 1400 metrlik burg‘ilash va 1700 metr kanava kavlash ishlari olib borildi, laboratoriya tahlillari uchun 1500 dona probalar olindi.
Loyihaning birinchi bosqichida ikki oyda 32 ta yangi ish o‘rni yaratilgan va ularning deyarli barchasi mamlakat fuqarolaridir.
O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining sa’y-harakatlari natijasida bugungi kunga qadar amalga oshirilayotgan loyihaga 700 ming dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilingan bo‘lib, joriy yil yakuniga qadar ushbu ko‘rsatkichni kamida 2 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
Yil yakunigacha 3000 metrga yaqin burg‘ilash ishlari olib borilishi ko‘zda tutilgan va shu maqsadda, loyihani faollashtirish uchun 2-burg‘ilash uskunasi olib kelindi. Bu, o‘z o‘rnida, dala geologik-qidiruv ishlarining 2 barobar tezlashishiga yordam beradi.
Burg‘ilash, proba olish va geologik ishlarga aynan Navoiydagi mahalliy korxonalar jalb qilinishi tufayli viloyat budjetiga qo‘shimcha soliqlar tushumi ta’minlanmoqda.