Makron Tramp g‘alabasidan keyin Fransiya va Germaniya maqsadlarini aytdi

Jahon 17:55 / 06.11.2024 14392

Endi Fransiya va Germaniya «yanada suveren» Yevropa qurish uchun harakat qiladi, dedi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron o‘zining X sahifasida Donald Trampni AQSh prezidentlik saylovidagi g‘alaba bilan tabriklaganidan keyin.

Shu tariqa, Makron Germaniya kansleri Olaf Shols bilan saylov yakunlari bo‘yicha o‘tkazgan telefon suhbati haqida gapirdi. «Biz yanada yakdil, kuchliroq va suveren Yevropani qurish uchun harakat qilamiz», deb yozdi u.

Shu bilan birga, Fransiya prezidenti AQSh bilan hamkorlikni istisno etmadi, lekin Parij o‘z «manfaatlari va qadriyatlarini» himoya qilishini aytdi.

Ko‘proq yangiliklar: