Ko‘p qavatli uylar yaqinida elektromobillarni quvvatlash stansiyalari o‘rnatiladi

O‘zbekiston 09:58 / 06.11.2024 1729

Vazirlar Mahkamasi “Respublikada 2024—2025 yillarda elektromobillardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

2025 yil 1 fevraldan davlat muassasalari, mehmonxonalar, biznes-markazlar, savdo va umumiy ovqatlanish obektlari, xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari infratuzilmasi obektlari loyihalarida to‘xtash joylarining kamida 5 foizi elektromobillarni quvvatlash stansiyalari bilan jihozlanishi kerak.

Ko‘p qavatli uylar yaqinida, shu jumladan, ularga yaqin joylashgan to‘xtash joylarida maksimal quvvati 22 kVt bo‘lgan stansiyalarni o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi:

  • avtoto‘xtash joylari, ijtimoiy obektlar va davlat muassasalarida;
  • savdo va biznes-markazlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, mehmonxonalar va ko‘p qavatli uylar yonida;
  • avtoyoqilg‘i quyish shoxobchalarida.

Yakka tartibdagi va ko‘p kvartirali uy-joylar hududida, shu jumladan, ko‘p kvartirali uy-joylar avtoturargohlarida eng yuqori quvvati 22 kvt bo‘lgan stansiyalar o‘rnatiladi. Tadbirkorlar mavjud ko‘p kvartirali uy joylarning faqat avtoturargohlatrida stansiyalar o‘rnatishi mumkin bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: