Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 20-21 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 22 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 21 yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20 yanvarda kechasi -3...+2, kunduzi +3...+8, 21 yanvarda kechasi -3...+2, kunduzi 0...+5, 22 yanvarda kechasi -2...-7, kunduzi -3...+2 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 21 yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -2...+3, kunduzi 20 yanvarda +7...+12, 21 yanvarda +3...+8, 22 yanvarda 0...+5 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-21 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 21-22 yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20 yanvarda kechasi 0...+5, ba’zi joylarda -2, kunduzi +7...+12, 21 yanvarda kechasi 0...+5, kunduzi +3...+8, 22 yanvarda kechasi -2...+3, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 20 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 21-22 yanvar ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20 yanvarda kechasi 0...+5, kunduzi +9...+14, 21 yanvarda kechasi 0...+5, kunduzi +5...+10, 22 yanvarda kechasi -2...+3, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 20 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 21-22 yanvar ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22 yanvar ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...-5, kunduzi 20 va 22 yanvarda +3...+8, 21 yanvarda +3...+8 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 21-22 yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20 yanvarda kechasi 0...-5, kunduzi +2...+7, 21 yanvar kechasi -3...+2, kunduzi 0...+5, 22 yanvarda kechasi -2...-7, kunduzi 0...-5 daraja bo‘ladi.