Jizzax viloyatida 780,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida fuqaro T.Sh. o‘ziga tegishli binoda tijorat maqsadida hisoblagichdan tashqari elektr qurilmalar o‘rnatgan holda 780,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.