IJQKDning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi vakolatlari aniqlashtiriladi

O‘zbekiston 11:29 / 06.11.2024 1320

Ikkinchi o‘qishga tayyorlanayotgan mazkur qonun loyihasi bilan Jinoyat-protsessual, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Budjet kodekslariga Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish, davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish sohasidagi vakolatlari aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Yig‘ilishda qonun loyihasi atroflicha ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan berilgan bir qator takliflar chuqur tahlil qilindi. Ular asosida loyihadagi normalar maromiga yetkazildi.

Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi jinoyatlarni tergov qilish va budjet qonunchiligi sohasida davlat organlarining vakolatlarini qonun hujjati bilan mustahkamlashga, qonun normalarini aniq va bir xilda qo‘llanilishiga hamda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga xizmat qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: