Qozog‘istonda o‘zbekistonlik haydovchiga jarohat yetkazgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat 07:53 / 05.11.2024 13286

Chegaradagi “S.Najimov – Kazigurt” nazorat-o‘tkazish punktida sodir bo‘lgan hodisa, shuningdek, “Kurmangazi” chegara o‘tish punktida Astraxan shahri yo‘nalishida yuk avtotransport vositalarining to‘planib qolish holati yuzasidan Qozog‘iston Transport vazirligi va boshqa tegishli idoralari bilan muzokaralar olib borildi.

Muzokaralarda Qozog‘iston tomoni o‘zbek haydovchisiga jarohat yetkazish bilan bog‘liq hodisa tegishli organlar tomonidan nazoratga olinganini ma’lum qilgan. 

Hozirda Turkiston viloyati Sariyog‘och tuman politsiya bo‘limi tomonidan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 293-moddasi bilan ish qo‘zg‘atilgan, gumondor shaxs bo‘lgan Qozog‘iston fuqarosi qidirilmoqda.

“Kurmangazi” chegara o‘tish punktida avtotransport vositalarining to‘planib qolishi holatini oldini olish bo‘yicha esa Qozog‘iston mas’ullari barcha tegishli choralarni ko‘rmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: