Kuvayt O‘zbekiston fuqarolari uchun ta’lim grantlari sonini oshiradi

O‘zbekiston 09:27 / 05.11.2024 1092

Muloqot davomida oliy ta’lim sohasida O‘zbekiston-Kuvayt hamkorligining bugungi holati va istiqbollari, o‘zbek tomoni bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari, xususan Jahon iqtisodiyoti va diplomati universiteti hamda Kuvayt universiteti o‘rtasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish xususida fikr almashildi.

Kuvayt universitetida o‘qish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari uchun ta’lim grantlari sonini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ko‘proq yangiliklar: