Janubiy Koreya Ukrainaga kuzatuvchilar va tahlilchilar guruhini yuborish imkonini ko‘rib chiqmoqda

Jahon 13:45 / 05.11.2024 1071

Shimoliy Koreya Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatayotgani haqidagi xabarlar fonida Janubiy Koreya Ukrainaga kuzatuvchilar va tahlilchilar guruhini yuborishni muhim deb hisoblaydi, dedi milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Shin Von Sik.

Yonhap agentligi xabariga ko‘ra, amaldor Milliy majlis deputatlarining Shimoliy Koreyaning Rossiyani harbiy resurslar bilan qo‘llab-quvvatlayotgani haqidagi savollariga javob bergan. U Ukrainaga janubiy koreyalik askarlarni yuborish rejasi yo‘qligini aytdi, biroq Janubiy Koreyadan kuzatuvchilar va tahlilchilarning ishtiroki foydali bo‘lishini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Shin Von Sik, shuningdek, Pxenyan o‘zining raketa va yadroviy dasturlarini rivojlantirishda muvaffaqiyatga erishayotgan bo‘lsa-da, AQSh va Janubiy Koreya ittifoqini zaiflashtira olmaganini va Shimoliy Koreya masalasida Seul, Vashington va Tokio o‘rtasidagi hamkorlikni izdan chiqara olmaganini aytdi.

Ko‘proq yangiliklar: