O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekiston 16:32 / 04.11.2024 1611

O‘zbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Oybek Eshonov Indoneziya poytaxtida ish boshladi.

57 yoshli diplomat Toshkent davlat universitetining sharqshunoslik fakulteti, shuningdek, Davlat qurilish akademiyasini tamomlagan. 2008 yildan 2017 yilgacha Isroildagi elchi lavozimida ishlagan. Yangi lavozimga tayinlanganiga qadar Tashqi ishlar vazirligida Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. Fors va ingliz tillarini mukammal biladi.

Oybek Eshonov 2018-2022 yillarda O‘zbekistonning Jakartadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan.

U yangi lavozimda «O‘zavtosanoat» AK boshqaruvi raisi etib tasdiqlangan Ulug‘bek Ro‘ziqulov o‘rniga tayinlandi.

Ko‘proq yangiliklar: