“O‘zbekinvest” kompaniyasi Lloyd’s of London bosh qarorgohida O‘zbekiston sug‘urta bozori taqdimotini o‘tkazdi

O‘zbekiston 10:08 / 04.11.2024 6738

29 oktabr kuni 1688 yilda tashkil etilgan va jahon tijorat sug‘urtasi va qayta sug‘urtalash bozorining 20 foizini qamrab olgan hamda 2023 yilda yalpi mukofotlar hajmi 66,3 milliard AQSh dollarini tashkil etgan Lloyd’s of London bosh qarorgohida joylashgan The Old Library tarixiy zalida “Iqtisodiyoti o‘tish davridagi mamlakatlar sug‘urta bozoridagi dominant tendensiyalar. O‘zbekiston tajribasi” mavzusida taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Foto: O‘zbekinvest

Taqdimot 1907 yilda tashkil etilgan London sug‘urta instituti (The Insurance Institute of London) ko‘magida tashkil etildi. Taqdimot bilan “O‘zbekinvest” kompaniyasining Global qayta sug‘urtalash va xalqaro aloqalar markazi direktori Anvar Umarov tanishtirdi.

Taqdimot rivojlanayotgan bozorlar bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor bo‘lgan xalqaro sug‘urta, qayta sug‘urtalash, brokerlik va qaltisliklarni boshqarish bo‘yicha mutaxassislarning keng auditoriyasini jalb qildi hamda xorijiy sug‘urtachilar, qayta sug‘urtalovchilar, brokerlar va matbuot vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Taqdimotda foydalanilgan materiallar “O‘zbekinvest” bosh direktori Rustam Azimovning 2024 yil avgust oyida Proud Pen (Buyuk Britaniya) nashriyot uyida chop etilgan “Transformation of the Insurance Business in Countries with Transition Economies (Based on Uzbekistan Experience)” nomli monografiyasiga asoslandi.

Taqdimotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida boshlangan va amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar asosida 2017 yildan buyon jadal rivojlanayotgan O‘zbekiston iqtisodiyoti va sug‘urta bozori jadal sur’atlar bilan o‘sib borayotganiga alohida e’tibor qaratildi. Keng ko‘lamli islohotlar iqtisodiyotning muhim yo‘nalishlarini qamrab olgan bo‘lib, bu sug‘urta bozorini yuksaltirish va modernizatsiya qilish, uni xalqaro standartlarga moslashtirish, xorijiy investorlar va sheriklar ishonchini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish imkonini berdi. Ushbu o‘zgarishlar tufayli mamlakat xalqaro hamkorlar uchun ochiq bo‘ldi, bu investitsiyalar oqimini, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashni va moliya sektorini, shu jumladan yillik o‘sishi 40 foizdan ortiq bo‘lgan va jahon sug‘urta bozori bilan integratsiya bo‘layotgan sug‘urta bozorini faol rivojlantirishni rag‘batlantirdi.

Shuningdek, “O‘zbekinvest” kompaniyasi faoliyati, jumladan, uning strategik tashabbuslari va O‘zbekiston sug‘urta bozorini rivojlantirishdagi o‘rni haqida ma’lumot berildi.

“O‘zbekinvest” kompaniyasining nufuzli Lloyd’s of London maydoniga taklif etilishi O‘zbekistonning jahon sug‘urta bozoridagi roli o‘sib borayotganini ta’kidlaydi. Kompaniyaga yaqinda Chartered Insurance Institute (1912 yilda tashkil etilgan, malaka va sertifikatlari butun dunyoda tan olingan institut) tomonidan Xalqaro professional hamkor (IPPF) maqomi berildi. Ushbu maqom “O‘zbekinvest” kompaniyasining yuqori professional standartlarga sodiqligini va sug‘urta sohasini doimiy ravishda takomillashtirish va rivojlantirishga intilishini tasdiqlaydi. 

Tadbir tashkilotchilari va ishtirokchilari Lloyd’s of London maydonida MDH davlatlari tomonidan ilk bor bunday taqdimot o‘tkazilayotgani xalqaro moliya hamjamiyatining Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida iqtisodiy yutuqlarga erishayotgan O‘zbekiston bilan hamkorlikka bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganidan dalolat berishini ta’kidladi.

Koll-markaz: (+998) 71−207−60−00, 1160

Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: