“O‘zbekinvest” kompaniyasida “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganining 35 yilligi va “O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston 09:37 / 18.10.2024 5250

Ushbu muhim voqea munosabati bilan 16 oktyabr kuni “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasining bosh binosida o‘rnatilgan an’anaga ko‘ra “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganining 35 yilligi va “O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bayramga O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekiston respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Tafakkur” jurnali bosh muharriri Erkin A’zam, shuningdek, A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professorlari, kafedra mudirlari –Nurboy Jabborov va Qozoqboy Yo‘ldoshev taklif etildi.

Unda o‘zbek tili dunyoning qadimiy va boy tillaridan biri sifatida xalqimizning milliy o‘zligi va mustaqil davlatchiligi timsoli, uning bebaho boyligi bo‘lib, mamlakatning ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi yo‘lida g‘oyat muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek, lingvist olimlarning fikricha, yana 25 yildan so‘ng xozir muamolada bo‘lgan tillarning o‘ntasidan bittasi saqlanib qolar ekan. YuNeSKO vakillari esa, bugungi kunda mavjud bo‘lgan 6 mingta tildan 90 foizi yo‘qolib ketish xavfi ostida ekanligi qayd etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan taklif etilgan mehmonlar o‘zbek tilining paydo bo‘lish tarixi va rivojlanish bosqichlari, 1989 yilda davlat tili to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi davrida mamlakatimizda sodir bo‘lgan voqealar, shuningdek, ona tilining xalqni rivojlantirishdagi o‘rni haqida tadbir ishtirokchilariga batafsil so‘zlab berdilar.

Tadbir doirasida kompaniya xodimlari o‘rtasida ijodiy tanlovlar ham o‘tkazildi. Tanlovda ishtirokchilar g‘azal va she’rxonlik bo‘yicha o‘z qobiliyatlarini namoyon etish imkoniga ega bo‘ldi. Abdulla Oripov, Xurshid Davron, Muhammad Yusuf, Hamid Olimjon, Iqbol Mirzo she’riyatiga mansub she’rlar o‘qildi. Shuningdek, kompaniya xodimlari o‘zbek shoirlari ijodidan o‘qilgan parchalar asosida mualliflarni aniqlash maqsadida o‘tkazilgan viktorinada o‘zbek adabiyoti bo‘yicha bilimlarini namoyish etdi.

Ularning natijalariga ko‘ra g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, “O‘zbekinvest” kompaniyasining har bir xodimiga o‘zbek adabiyoti klassiklarining kitoblari sovg‘a qilindi.

Koll-markaz: (+998) 71−207−60−00, 1160

Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube

Reklama huquqi asosida

 
Ko‘proq yangiliklar: