Maktab va bog‘chalarda «temiratki» kasalligi ommaviy tarqalgani rad etildi

Jamiyat 18:10 / 02.11.2024 1822

Trixofitiya yoki xalq tilida «temiratki» deb nomlangan kasallik O‘zbekistonda ko‘payib ketgani yo‘q. Bu haqda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi professori Egamberdi Eshboyev ma’lumot berdi.

Shifokor so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda bu haqda tarqalgan xabarlar asossiz. Shuningdek, bu kasallik kecha yoki bir kunda paydo bo‘lmagan, u azaldan bor. U o‘ta xavfli kasalliklar toifasiga kirmaydi.

«Trixofitiya kasalligining manbasi ba’zan hayvonlar bo‘ladi. Bolalar hayvonlar bilan muloqotda bo‘lganda yoki qassoblar kasallikni yuqtirib olishi mumkin. Uning asosiy belgilari terida ozroq toshma chiqadi. Hozirgi kunda bu kasallikni davolashga mo‘ljallangan yuzdan ortiq preparat bor va ularning hammasi bizda yetarli. Kasallikning diagnostikasi ham murakkab emas. Umumiy amaliyot shifokori ham bunga tashxis qo‘ya oladi. U o‘ta xavfli kasalliklar toifasiga kirmaydi», dedi mutaxassis.

Ko‘proq yangiliklar: