“InfinBANK” AJ mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida yangi ofis ochmoqda

O‘zbekiston 09:57 / 02.11.2024 1855

InfinBANK Buxoro shahridagi filialining yangi ofisi ochilishini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.

1 noyabr kuni viloyat aholisi uchun sifatli moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkonini beruvchi yangi filialning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

InfinBANK jamoasi har bir mijozga g‘amxo‘rlik qilishda davom etmoqda va yangi ofisda qulay shart-sharoitli muhitni yaratishga tayyor. Yangi ofis xizmatlar ko‘lamini kengaytiradi: viloyatda bank xizmatlarini taqdim etish, tezkor xizmat ko‘rsatish, moliyaviy mahsulotlarning xilma-xilligi va har bir mijozga individual yondashish kabilardir.

Shahar markaziga yaqin joylashgan yangi ofis 4 qavatdan iborat: birinchi qavatda InfinBANK mijozlariga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatadigan operatsion bo‘lim joylashgan. Bank jamoasi xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshiradigan va navbatda kutish vaqtini qisqartiruvchi zamonaviy texnologiyalarni joriy qildi. Bundan tashqari, yangi ofisda mijozlar takliflar bilan tanishishlari va malakali mutaxassislardan maslahat olishlari mumkin bo‘lgan shinam kutish zonasi mavjud.

InfinBANK 16 yildan buyon har bir mijoz o‘zini muhim va qadrli his qilishi uchun ishonchli va qulay sharoitlarni yaratishga intiladi. O‘tgan yillar davomida 12 dan ortiq filial va 18 ta bank xizmatlarini taqdim etish markazlari ochildi.

Buxoro-bu nafaqat tarixiy shahar, balki muhim iqtisodiy rivojlangan hududdir.Ushbu hududda filialning ochilishi InfinBANK’ning bozordagi mavqeini yanada mustahkamlaydi va mijozlarga bank bilan o‘zaro hamkorlik qilish uchun eng yaxshi sharoitlarni ta’minlaydi”, — deydi Boshqaruv Raisi O.L.Numonova.

InfinBANK’ning yangi ofisi viloyatdagi moliyaviy xizmatlar markaziga aylanadi, bu yerda har bir mijoz yuqori sifatli konsultatsiya va keng ko‘lamli xizmatlar, jumladan, kreditlar, depozitlar va boshqa bank mahsulotlarini olishi mumkin bo‘ladi.

Yangi ofis manzili: Buxoro shahri, Hofiz Tanish tumani, Buxoriy ko‘chasi, 119-uy.

InfinBANK barcha mijozlari va Buxoro shahri aholisini yangi filialga tashrif buyurishga va xizmatlar bilan tanishishga taklif etadi.

Barcha qo‘shimcha ma’lumotlarni telefon orqali olish mumkin: 1214

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: