Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent markazida InfinBANK’ning yangi ofisi ochildi

Foto: InfinBANK
18 aprel kuni InfinBANK poytaxt markazida o‘zining yangi zamonaviy va funksional ofisini ochdi. Bu yangi ofis, mijozlar va xodimlar uchun maxsus qurilgan, har bir qavatda alohida o‘ziga xos dizayn va imkoniyatlar bilan jihozlangan. Bankning yangi binosi barcha uchun qulay manzilda – Mustaqillik 17B uyda joylashgan.
Yangi ofisning birinchi qavatida joylashgan operatsion markazi, mijozlarga yuridik va jismoniy shaxslar uchun xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yangilangan shart-sharoitlarni taqdim etadi. Binoning har bir qavatida xodimlar va mijozlar uchun qulayliklarni ta’minlovchi maxsus burchaklar mavjud.
Bu yerda ish muhiti butunlay yangicha ko‘rinishda kashf etilgan bo‘lib, ofisning ichki dizayni Open Space konsepsiyasi asosida qayta loyihalandi. Bu yondashuv xodimlarga oson muloqot qilish, g‘oyalar va fikrlar almashinuvi uchun qulay muhit yaratadi. Bu tizim, shuningdek, rahbariyat va xodimlar o‘rtasida ochiq va samarali aloqa o‘rnatish imkonini beradi.
Ofisning rasmiy ochilish marosimida InfinBANK rahbariyati, hamkorlar, OAV vakillari va blogerlar ishtirok etishdi. Ular ofis imkoniyatlari bilan tanishtirildi va o‘z savollariga javob olishdi.Tadbir davomida bank rahbariyati, jumladan boshqaruvi raisi Olga Numanova, yangi ofisning bank sektorida yangicha xizmatlar taqdim etishdagi ahamiyati va bankning kelajakdagi rejalari haqida ma’lumot berishdi.
“InfinBANK’ning yangi binosini loyihalash va qurish uchun ko‘p vaqt kerak bo‘ldi. Biz hamma narsani eng mayda detallarigacha o‘yladik. Bunda bizning asosiy vazifamiz mijozlar va xodimlarning qulayligi haqida g‘amxo‘rlik qilish edi. Ayni damda bizning yangi ofisimiz bank sektori uchun qiziqarli va yangicha xizmatlar — mijozlar uchun kutish joylari, xodimlar uchun Open Space tizimini taqdim etadi”, — dedi InfinBANK boshqaruvi raisi Olga Numanova.
Binoning birinchi qavatida bankning operatsion markazi joylashgan. Qavat ikki qismga — yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlariga bo‘lingan. Binoning ikkinchi qavatida InfinBANK bosh ofisi va beshinchi qavatda barcha zarur ashyolar bilan jihozlangan keng majlis zallari mavjud bo‘lgan rahbariyat xonasi joylashgan.
Oltinchi qavat esa, albatta, barcha bank xodimlari uchun sevimli joyga aylanadi. Chunki bu yerda shaharning go‘zal manzarasi ko‘rinib turadigan katta restoran mavjud. Shuningdek, xodimlar tanaffus paytida ochiq osmon ostidagi keng ayvonda dam olishlari mumkin. Har bir qavatda xodimlar uchun xizmat ko‘rsatuvchi qahvaxona bor.
InfinBANK 22 apreldan boshlab yangi olti qavatli binoda o‘z mijozlari uchun xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.
Reklama
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49
-
«Oq oltin» balosi: O‘zbekistonda paxta qulligi tarixi, oqibatlar va bugungi kun haqida
O‘zbekiston | 22:01
-
Bo‘stonliq tog‘laridagi yong‘in qariyb 7 soatda o‘chirildi
O‘zbekiston | 21:48
Mavzuga oid

09:59 / 02.11.2024
“InfinBANK” AJ mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida yangi ofis ochmoqda

09:55 / 30.09.2023
InfinBANK “O‘tkazma uchun iPhone ” aksiyasini ishga tushirdi

08:50 / 22.12.2022