Fransiyada uysizlar orasida o‘limlar soni rekord darajaga yetdi

Jahon 09:20 / 02.11.2024 2376

2023 yilda Fransiyada rekord darajadagi 735 boshpanasiz odam hayotdan ko‘z yumdi.

Bu haqda Le Parisien gazetasi boshpanasizlar o‘limini qayd etuvchi Les Mors de la Rue («Ko‘chalardagi o‘lim») tashkiloti ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu so‘nggi 12 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Tadqiqotga ko‘ra, o‘tgan yili ko‘chalarda hayotdan ko‘z yumganlar soni 2022 yilga nisbatan ko‘paygan, o‘shanda 630 ta o‘lim qayd etilgan.

Les Mors de la Rue, shuningdek, halok bo‘lganlarning o‘rtacha yoshi 49 yoshni tashkil etganini ko‘rsatdi. Mamlakatda o‘rtacha umr ko‘rish 79,9 yoshni tashkil etadi.

O‘limning 86 foizi erkaklarga to‘g‘ri keladi, garchi ayollar ulushi ham oshgan.

Uysizlarning deyarli uchdan bir qismi qishda halok bo‘ldi.

Tashkilotning qayd etishicha, haqiqiy qurbonlar soni ko‘proq bo‘lishi mumkin. Buning sababi shundaki, o‘limlarning muhim qismi tadqiqotga kiritilmagan, chunki Fransiyadagi uysizlar sonini aniq aniqlash qiyin.

Ko‘proq yangiliklar: