AQSh 2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilga 17,9 mlrd dollarlik harbiy yordam berdi

Jahon 10:01 / 02.11.2024 1353

AQSh 2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilga 17,9 milliard dollar harbiy yordam berdi.

Bu haqda Braun universiteti qoshidagi Uotson xalqaro va jamoatchilik bilan aloqalar instituti tomonidan tayyorlangan «2023 yil 7 oktyabrdan 2024 yil 30 sentabrgacha bo‘lgan davrda Isroil harbiy amaliyotlari va AQShning mintaqadagi tegishli operatsiyalari uchun AQSh xarajatlari» nomli hisobotda aytiladi.

Hisobotlar mualliflarining aniqlashicha, 7 oktyabrdan beri Qo‘shma Shtatlar Isroil hujumlarini qo‘llab-quvvatlash va AQShning Yaqin Sharqdagi ishtirokini kuchaytirish uchun milliardlab dollar sarflagan.

Bu davrda AQSh Isroilga «Xorijiy harbiy moliyalashtirish» (FMF) dasturi doirasida 6,8 milliard dollar, raketalarga qarshi mudofaa tizimlari, jumladan «Temir gumbaz»ni ishlab chiqish va modernizatsiya qilish uchun 5,7 milliard dollar, og‘ir qurollar ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun 1 milliard dollar va ajratdi Tel-Avivga uzatilgan Amerika qurollarini modernizatsiya qilish uchun 4,4 milliard dollar taqdim etdi.

Bu davrda Isroilga ko‘rsatilgan 17,9 milliard dollarlik harbiy yordamning bir qismi o‘tgan yillarda tuzilgan kelishuvlarga muvofiq ajratilgan.

Hisobot mualliflarining ta’kidlashicha, bu raqam Vashington tomonidan belgilangan muddat ichida Isroil armiyasiga ko‘rsatilgan umumiy yordamning faqat ommaga oshkor qilingan qismini o‘z ichiga oladi.

Ko‘proq yangiliklar: