Yle: Finlandiyada RF davlat mulki xatlovga olindi

Jahon 09:12 / 30.10.2024 1503

Finlandiyada umumiy qiymati 35 million yevrodan ortiq bo‘lgan 40 ga yaqin Rossiya davlat mulki obekti xatlovga olindi. Bu haqda 29 oktyabr, seshanba kuni Yle teleradiokompaniyasi axborot xizmati Finlandiya sud ijrochilari xizmatiga tayanib xabar berdi.

Xatlovga olish obektlarni sotish yoki o‘tkazish mumkin emasligini anglatadi.

Mulklarning aksariyati Helsinkida, lekin mamlakat janubi-g‘arbiy qismidagi Turkuda va boshqa shaharlarda kvartiralar mavjud.

Musodara qilingan obektlardan biri poytaxt shimoli-g‘arbidagi Rossiya fan va madaniyat markazi (RsNK), ikkinchisi Turku shahridagi Rossiya Bosh konsulligining xizmat qarorgohi.

Finlandiyada Rossiya yer uchastkasi xatlovga olindi

Finlandiya sudi Helsinkidagi Rossiya fan va madaniyat markazining yer uchastkasini xatlovga oldi, deb xabar bermoqda Helsingin Sanomat gazetasi 28 oktyabr kuni. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 3326 kvadrat metrlik yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror 24 oktyabrdan kuchga kirdi.

Rossiya fan va madaniyat markazi uchastkasi Ukraina davlat energetika kompaniyasi «Naftogaz» talabiga binoan xatlovga olingan. U 2016 yildan beri yarimorol qo‘shib olinganidan keyin Rossiya davlati tomonidan Qrimdagi aktivlari milliylashtirilgani yuzasidan Rossiya Federatsiyasini sudga berib keladi. 2023 yilda Haaga arbitraj sudi Rossiyaga Ukraina kompaniyasiga 5 milliard dollar to‘lashga majburiyatini yukladi. Rossiya buni rad etyapti.

Ko‘proq yangiliklar: