Yaponiyaning Nara prefekturasi ma’muriyati binosida “Samarqand burchagi” tashkil etildi
Bu bino sayyohlar eng ko‘p keladigan Nara bog‘i yonida joylashgan va u mehmonlar uchun har doim ochiq. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilda Nara bog‘iga 18 millionga yaqin sayyoh kelgan.

Foto: dunyo.info
O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Yaponiyaning Nara prefekturasi ma’muriyati joylashgan binoning asosiy kirish qismida “Samarqand burchagi” tashkil etilgan. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, mazkur loyiha Yaponiya hududlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, O‘zbekistonning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida Nara prefekturasi rahbariyati ko‘magida amalga oshirilgan.
“Samarqand burchagi”dan yapon tilida Samarqand va Nara hamkorligiga doir ma’lumotlarni o‘zida aks ettirgan bannerlar, yurtimiz turizm salohiyatiga oid qo‘llanmalar va o‘zbek milliy hunarmandchilik mahsulotlari o‘rin olgan.
“Nara prefekturasi va Samarqand viloyati o‘rtasida hamkorlik aloqalariga bag‘ishlab tashkil qilingan ushbu burchak mahalliy aholi vakillarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ular ikki hudud aloqalari, Samarqandning sayyohlik salohiyati va milliy hunarmandchilik mahsulotlari bilan yaqindan tanishyapti. Nara prefekturasi ma’muriyati binosi shahrimizdagi eng mashhur turizm obektlari bilan bir hududda joylashgani sababli ushbu ko‘rgazma nafaqat mahalliy aholiga, balki xorijiy sayyohlarga ham Samarqand shahri salohiyati bilan tanishish imkoniyatini taqdim etmoqda”, degan Nara prefekturasining Xalqaro hamkorlik departamenti direktori Tatsiya Xitomi.
Mavzuga oid

16:41 / 12.03.2025
Samarqanddan uchgan samolyot dvigatelidagi nosozlik tufayli aeroportga qaytdi

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

09:32 / 05.03.2025
Samarqandda novvoyxona 820 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

18:54 / 04.03.2025