Oliy rada Ukrainadagi harbiy holatni uzaytirdi

Jahon 09:40 / 30.10.2024 1587

Ukraina Oliy radasi mamlakatdagi harbiy holat rejimini, shuningdek, umumiy safarbarlikni yana 90 kunga — 2025 yil 7 fevralgacha uzaytirdi. Bu qarorni 29 oktyabr, seshanba kuni ovoz berishda qatnashgan barcha 311 deputat qo‘llab-quvvatladi, radaning yana 29 nafar a’zosi ovoz bermadi.

MXMK kotibi yana 160 ming kishiga chaqiruv qog‘ozi yuborish rejalarini e’lon qildi

Shu bilan birga, Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi (MXMK) kotibi Aleksandr Litvinenko yana 160 ming kishini harbiy xizmatga chaqirish rejasini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qismlarni kerakli shtat tarkibidan 85 foizigacha bo‘lgan darajada ta’minlash imkonini beradi. Ayni paytda Ukraina Qurolli kuchlari (UQK)ga jami 1,05 million kishi chaqirilgan, deb yozadi mahalliy matbuot.

2022 yil 24 fevralda Rossiyaning keng ko‘lamli hujumidan so‘ng Ukraina harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi. Harbiy holat va safarbarlik har 90 kunda yangilanadi. Harbiy holat davrida, boshqa narsalar qatori, saylovlarga yo‘l qo‘yilmaydi.

2024 yil bahorida Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonun kuchga kirdi. Avgust oyida yangi normalar kuchga kirganidan so‘ng harbiy xizmatga majbur bo‘lganlarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish ko‘rsatkichlari 2,5 barobarga oshgani ma’lum qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: