Farg‘onada jamoat transporti yo‘l haqi oshirildi

Jamiyat 19:39 / 30.10.2024 3353

Farg‘ona viloyatida jamoat transportining yangi narxlari belgilandi. Bu haqda viloyat hokimi Xayrulla Bozorov qarori imzolandi.

Qarorga ko‘ra, viloyat shaharlarida, shahar yo‘lovchi transportida yo‘lovchi va bagaj tashish xizmatlarining cheklangan tarifi quyidagicha belgilandi:

- avtobuslarda bir nafar yo‘lovchi uchun yo‘l haqi — 3000 so‘m;

- jamoat transportida elektron shaklda to‘langan to‘lov (transport kartasi, ATTO, bank kartalari) bir nafar yo‘lovchi uchun bir martalik rag‘batlantiruvchi yo‘l haqi tarifi — 2400 so‘m;

- yo‘nalishli taksida (mikroavtobuslar) bir nafar yo‘lovchi uchun — 4000 so‘m.

Qayd qilinishicha, shahar yo‘nalishlaridagi avtobuslarda yo‘lovchilarning 7 yoshgacha bo‘lgan bolalari uchun haq undirilmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: