Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yilda qaysi yo‘nalishga qancha subsidiya ajratiladi?
O‘zbekistonda kelasi yil energetika, issiqlik ta’minoti, xususiy bog‘chalar va boshqalarga davlat budjetidan jami 28,3 trln co‘m subsidiya ajratish ko‘zda tutilmoqda. Bu – ijtimoiy nafaqa to‘lovlari, ilm-fan, madaniyat va sportga ajratilayotgan mablag‘lar yig‘indisidan ham ko‘proq. Eng ko‘p subsidiya energetika sohasi uchun beriladi – 12,3 trln so‘m.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025–2027 yillar uchun Budjetnoma loyihasini e’lon qildi. Unda keltirilgan 2024 yilgi budjet ijrosi tahliliga ko‘ra, joriy yilda subsidiyalar uchun 28,9 trln so‘m sarflanishi kutilyapti. Bu – davlat budjeti xarajatlarining 9,1 foiziga teng.
Xususan, yil oxirigacha energetika sohasini qo‘llab-quvvatlashga umumiy hisobda 16,2 trln so‘m ajratishga to‘g‘ri keladi.
2025 yilda davlat budjeti hisobidan ijtimoiy-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, eksportni rag‘batlantirish, qishloq xo‘jaligi, aholi bandligini ta’minlash kabi sohalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratilishi belgilangan subsidiyalarning umumiy qiymati 28,3 trln so‘mni tashkil etadi. Bu – davlat budjeti daromadlarining 8,2 foizi degani.
Ayrim sohalarga davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya miqdori quyidagicha:
- nodavlat bog‘chalarga 3,8 trln so‘m;
- aholi uy-joy sotib olishi uchun 2,5 trln so‘m;
- jamoat transporti zararlarini qoplash uchun 2,7 trln;
- tadbirkorlik va aholi bandligini ta’minlash uchun 2,7 trln;
- energetika sohasi uchun 12,3 trln so‘m, xususan, gaz sotib olish va sotishdagi tafovutni qoplash uchun 7 trln so‘m;
- qishloq va suv xo‘jaligi uchun 2,5 trln so‘m;
- geologiya-qidiruv ishlari uchun 0,9 trln so‘m.
Taqqoslash uchun, 2025 yilda ijtimoiy nafaqa to‘lovlariga 17,3 trln so‘m, ilm-fanga 2,3 trln so‘m, madaniyat sohasiga 3,8 trln so‘m, sport sohasiga 3,3 trln so‘m, shu to‘rtta yo‘nalishga jami 26,7 trln so‘m ajratish reja qilingan.
Boshqacha aytganda, subsidiyalarga ajratilayotgan mablag‘ (28,3 trln so‘m) ijtimoiy nafaqa to‘lovlari, ilm-fan, madaniyat va sportga ajratilayotgan jami mablag‘lardan (26,7 trln so‘m) ko‘proqni tashkil qiladi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

13:15 / 07.06.2025
Mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya muddati uzaytirildi

13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi

09:50 / 17.05.2025
Usta dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi

15:58 / 12.05.2025