Samarqand shahridagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugun 2024 yil 29 oktyabr kuni soat 16:14 da viloyat FVBga Samarqand shahar Xo‘jayusuf mahalasidagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar berilgan.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, ular voqea joyiga soat 16:21 da yetib borib, soat 17:00 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Hodisada hech kim jarohatlanmagan va halok bo‘lmagan. Faqat yashash uyining shift va tom qismlari hamda ba’zi uy jihozlari yonib zararlangan.
Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.
“Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishni so‘rab qoladi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Samarqand tumanidagi savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘lgani va oqibatda do‘konning shift, tom qismi va kiyim-kechak mahsulotlari yonib zararlangani haqida xabar berilgandi.