O‘zbekistonda o‘rtacha necha yoshda nikoh qurilayotgani aytildi

Jamiyat 08:05 / 29.10.2024 17916

Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida qayd etilgan nikohlarda ayollarning o‘rtacha yoshi 22,5 yoshni, erkaklarning o‘rtacha yoshi esa 27,4 yoshni tashkil etgan. 

Statistika agentligi xabariga ko‘ra, nikohlanuvchi ayollarning yoshi bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

  • 20 yoshgacha 18,4 foiz;
  • 20-30 yosh 68,8 foiz;
  • 31-40 yosh 9,3 foiz;
  • 41 yosh va kattalar 3,5 foiz.

Nikohlar sonining eng ko‘p ulushi

  • Samarqand viloyatida 11,4 foizga;
  • Farg‘ona viloyatida 10,8 foizga;
  • Qashqadaryo viloyatida 10 foizga;
  • Toshkent shahrida 9,2 foizga;
  • Andijon viloyatida 8,4 foizga teng.

Nikohlar sonining ulushi nisbatan kam:

  • Sirdaryo viloyatida 2,6 foiz;
  • Navoiy viloyatida 3,2 foiz;
  • Jizzax viloyatida 4,2 foiz;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5,3 foiz;
  • Buxoro viloyatida 5,5 foizni tashkil etgan.

Qayd etilgan nikohlarning eng katta ulushi 25 yoshgacha bo‘lgan ayollarga to‘g‘ri kelgan, ya’ni jami nikohlarning 80 foizini tashkil etgan.

Ko‘proq yangiliklar: