Apple o‘zining eng kichik kompyuterini taqdim etadi

Fan-texnika 17:04 / 29.10.2024 1654

Apple Mac Mini’ni ilk bor 2005 yilda taqdim etgandi. O‘sha paytda qurilma yangi foydalanuvchilarni jalb qilishi kerak bo‘lgan hamyonbop va ixcham stol kompyuteri sifatida tanishtirilgan. Mac Mini “ortiqcha jihozlarsiz kompyuter” tarzida e’lon qilingan.

Mac Mini bir necha marta yangilangan bo‘lsa-da, Apple Silicon texnologiyasiga o‘tgandan keyingina chinakam quvvatga ega bo‘ldi. Apple o‘zining maxsus chiplaridan foydalanib, yuqori unumdorlik va energiya samaradorligiga erishdi. Bu esa Mini’ni ham uyda foydalanish, ham professional ish uchun mukammal yechimga aylantirdi. Endi Mac Mini keyingi bosqichga tayyorlanmoqda: avvalgi modellardan tubdan farq qiladigan yangi dizayn ishlab chiqilmoqda.

Ixcham korpusda kuchli quvvat

Yangi Mac Mini M4 protsessori bilan jihozlanishi va hajmi kichraytirilishi kutilmoqda. Insayderlarning ma’lumotlariga ko‘ra, qurilmaning o‘lchamlari Apple TV o‘lchamlariga yaqin bo‘ladi, bu esa uni hozirgi kunda Apple ning eng ixcham kompyuteriga aylantiradi. Bunday kichik o‘lchamga erishish imkoni Apple Silicon chiplarining yuqori energiya samaradorligi va ixchamligi tufayli realga aylandi.

Qurilmada beshta USB-C porti bo‘ladi, ularning ikkitasi old qismida joylashadi, bu Mac Mini’ni tashqi qurilmalarga ulashda yanada qulayroq qiladi. HDMI ham jihozning bir qismi bo‘lib qoladi. Biroq an’anaviy USB-A portlari o‘rnatilmasligi mumkin, bu Apple’ning zamonaviylashuv siyosatini ko‘rsatadi.

Yangi Mac Mini nega bu qadar kutilmoqda?

Mac Mini’ning yangi modeli, ayniqsa, ixchamlik, yuqori unumdorlik va qurilmalarga oson ulanishni qadrlaydigan foydalanuvchilar uchun juda qiziqarli bo‘ladi. Mini’da qati’y o‘rnatilgan displey yo‘qligi sababli foydalanuvchilar o‘z didiga ko‘ra istalgan monitorni tanlashi mumkin. Bu esa, muayyan ekranga o‘rganib qolganlar uchun Mini’ni ideal yechimga aylantiradi.

Mini macOS Sequoia tizimida ishlaydi. U tizimning barcha yangi imkoniyatlarini, jumladan, iPhone bilan sinxronlashtirishni va oynalarni boshqarishning takomillashtirilgan usullarini o‘z ichiga oladi. Bularning barchasi Apple’ning Mac Mini’ni shunchaki ish quroli emas, balki uy va ofis uchun ko‘p funksiyali va qudratli qurilmaga aylantirish istagini namoyish qiladi.

Mac Studio bilan raqobat

Barcha yangi xususiyatlariga qaramay, yangi Mac Mini o‘zidan kuchliroq Mac Studio’ning o‘rnini egallamasligi aytilmoqda. U hamon maksimal quvvat va CD-karta sloti hamda yuqori tezlikdagi Ethernet kabi kengaytirilgan funksiyalarga ehtiyoj sezadigan mutaxassislar uchun ustuvor tanlov bo‘lib qolmoqda. Yangi model studiya versiyasiga jiddiy raqobat tug‘dirishi va ham arzon, ham kuchli ish stoliga aylanishi ehtimoldan yiroq.

Ko‘proq yangiliklar: