Buxoro va Navoiyda saksovullarni sindirganlarga 43 mln so‘m jarima belgilandi

O‘zbekiston 13:32 1083

Ekologiya vazirligi xabariga ko‘ra, reyd davomida fuqarolar R.E. va K.F.  tomonidan “UAZ” rusumli avtomashinada Uchquduq  tumani, “Shalxar” OFY cho‘l hududidan saksovul butalari sindirib olib ketilayotganligi aniqlandi.

Natijada tabiatga 10,5 mln so‘m zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 18 mln 750 ming so‘m jarima belgilandi. Ular jami 29 million 250 ming so‘m tovon to‘laydigan bo‘ldi.

Buxoro viloyatining Olot tumanidagi reyd davomida esa saksovulga shikast yetkazganlar aniqlanib, huquqbuzarlarga qariyb 14 million 625 ming so‘m jarima belgilangan.

Noqonuniy ov bilan qilib yurgan huquqbuzarlar javobgarlikka tortildi.

Ko‘proq yangiliklar: