ADM Jizzakh va Birinchi Rezinotexnika Zavodi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

O‘zbekiston 17:37 / 29.10.2024 2810

2024 yil 29 oktyabr kuni ADM Global kompaniyalar guruhiga kiruvchi ADM Jizzakh avtomobil zavodi yetakchi shina ishlab chiqaruvchi korxonasi – Birinchi Rezinotexnika Zavodi bilan hamkorlik to‘g‘risida bitimni tuzdi. 

Yangi hamkorlik doirasida Birinchi Rezinotexnika Zavodi ADM Jizzakh to‘liq siklli zavodida ishlab chiqarilayotgan Kia Sonet modeli uchun shinalar yetkazib berishni boshlaydi. Zavodga ikki xil tasnifdagi shinalar – 215/60R16 va 195/65R15 keltiriladi. Ushbu o‘lchamlar zamonaviy avtomobillarda keng tarzda qo‘llanilishi loyihaning strategik ahamiyatini ko‘rsatadi.

Mazkur kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlik ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishga qaratilgan bo‘lib, import qilinadigan butlovchi qismlarga bog‘liqlikni qisqartirishga imkon beradi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash nafaqat iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shadi, balki O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarning raqobatbardoshligini oshiradi. 

Ma’lumot o‘rnida:

ADM Jizzakh – 2021 yilda Kia, Lada va Renault kabi brendlarning avtomobillarini yirik uzelli yig‘ish (CKD) bilan o‘z faoliyatini boshlagan O‘zbekistondagi birinchi xususiy avtomobil zavodidir. Keyinchalik zavod portfoliosi Chery va Haval brendlari bilan to‘ldirildi. 2024 yil mart oyida ishlab chiqarishning to‘liq sikliga ega (CKD) zavodi ishga tushirildi, maksimal mahalliylashtirish darajasiga ega birinchi avtomobil esa Kia Sonet modeli bo‘ldi. To‘liq siklli zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 100 000 dona avtomobil tashkil etadi. ADM Jizzakh 75 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, u yerda nafaqat ishlab chiqarish quvvatlari, balki avtomobil butlovchi qismlarini yetkazib beruvchilar klasteri ham joylashgan. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish o‘rindiqlar, presslangan panellar, old va orqa bamperlar, elektron va elektr butlovchi qismlar, shuningdek, ichki va tashqi qismning plastik elementlari kabi keng turdagi qismlarni qamrab oladi. Birinchi bosqichda mahalliylashtirish darajasi, kelgusida 40-45 foizgacha oshirish rejasi bilan 30 foizga yetkaziladi. ADM Jizzakh ISO 9001 sertifikatiga ega. Zavod xorijiy hamkorlar bilan faol hamkorlik qilmoqda. Mashinakomplektlar va butlovchi qismlarni muntazam yetkazib berish Koreya, Xitoy, Hindiston, Rossiya va boshqa mamlakatlardan amalga oshirilmoqda, bu o‘z navbatida ishlab chiqarish jarayonlarining barqarorligi va moslashuvchanligini ta’minlaydi. ADM Jizzakh nafaqat o‘z ishlab chiqarishini rivojlantirishga, balki mahalliylashtirish va raqobatbardoshlikni oshirishga hissa qo‘shish orqali mahalliy avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga intiladi.

“Birinchi Rezinotexnika Zavodi” MChJ 2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrdagi PQ-2269-sonli “Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududida rezinotexnika buyumlari zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan. Zavod Markaziy Osiyoda avtomobil va qishloq xo‘jaligi shinalari yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Zavod assortimentida yuqori sifatli konveyer lentalari ham mavjud. Barcha mahsulotlar xalqaro standartlarga javob beradi va ISO 9001:2015, ISO 50001:2018, IATF 16949:2016 sifat tizimi doirasida sertifikatlangan, shuningdek, EC117 va EC-30 sertifikatlariga ega. Zavod mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirishni faol qo‘llab-quvvatlamoqda va o‘z mahsulotlarini O‘zbekistondan tashqariga eksport qilmoqda. 2018 yil iyul oyidan boshlab zavodda 21 xil o‘lchamdagi 3 million dona avtomobil shinasi, 2 xil o‘lchamdagi 200 ming dona qishloq xo‘jaligi shinasi va 30 xil turdagi rezina-mato va rezina-tros materiallarini o‘z ichiga olgan 100 ming pogon metr konveyer lentalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Reklama huquqi asosida

 
Ko‘proq yangiliklar: