Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati ko‘tariladi

O‘zbekiston 14:53 / 28.10.2024 17447

Bugun O‘zbekiston hududi sovuq va nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi. 

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, kunning birinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, respublikaning qolgan hududlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli kam. Havo harorati kunduzi +8...+13 darajadan ko‘tarilmaydi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 8-10 darajaga pastdir.

Ertaga O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +0...+5 darajagacha, ba’zi joylarda -2 darajagacha pasayadi, kunduzi +10...+15 darajagacha biroz ko‘tariladi.

Chorshanba kuni faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida, shuningdek kechasi va ertalab Toshkent viloyatida biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Sovuq havo massasi mamlakat hududidan chekina boshlaydi, harorat kechasi +2...+7  darajagacha, kunduzi +12...+17 darajagacha ko‘tariladi.

Payshanba va juma kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq va iliq ob-havo bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Havo harorati kechalari +2...+7 daraja atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari +15...+20 darajagacha ko‘tariladi.

28-30 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda tuman tushishi kuzatiladi. 28-30 oktyabrda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Poytaxtda bugun kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kunduzi +10...+12 darajadan ko‘tarilmaydi.

Ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+5, kunduzi +12...+14 daraja bo‘ladi.

30 oktyabrda kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +4...+6, kunduzi +13...+15 daraja bo‘ladi.

31 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +4...+6, kunduzi +16...+18 daraja bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: