Markaziy saylov komissiyasi deputatlik saylovi o‘tgan deb hisoblanishi haqida ma’lum qildi.
Soat 13:00 holatiga ko‘ra, 19 mln 944 ming 859 nafar saylovchidan 9 mln 498 ming 589 nafari yoki 47,62 foizi ovoz berishda ishtirok etgan.
Saylov kodeksining 96-moddasiga ko‘ra saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning 33 foizi ovoz berishda ishtirok etsa, saylov o‘tgan deb topiladi.