YeI davlatlari RF aktivlari hisobidan Ukrainaga 35 mlrd yevro ajratishni ma’qulladi

Jahon 09:35 / 25.10.2024 1118

Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukrainaga 35 milliard yevro miqdorida kredit ajratishga va uni Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobidan to‘lashga rozi bo‘ldi.

Yevropa Kengashi Ukrainaga 35 milliard yevrogacha bo‘lgan miqdorda makromoliyaviy yordam va G7 majburiyatlarini bajarish uchun yangi kredit mexanizmini ma’qulladi, deya xabar bermoqda YeI oliy siyosiy organi matbuot xizmati.

Ukrainaga 35 milliard yevrogacha bo‘lgan imtiyozli makromoliyaviy yordam krediti taqdim etiladi va Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan mablag‘ kreditni to‘lash uchun ishlatiladi, deyiladi xabarda.

Yevropa Kengashining ta’kidlashicha, paket Ukrainaning shoshilinch moliyaviy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan.

Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga beradigan kreditni moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan qarzlar Ittifoq budjeti tomonidan kafolatlanadi.

Iyun oyida «Katta yettilik» davlatlari yetakchilari garov sifatida muzlatilgan Rossiya aktivlaridan olingan foydadan foydalangan holda Ukrainaga 50 milliard dollar (taxminan 45 milliard yevro) miqdorida kredit berishga kelishib oldilar.

Ko‘proq yangiliklar: