Viloyatlar orasida eng zich aholi Andijonda yashashi ma’lum qilindi

O‘zbekiston 11:40 / 25.10.2024 4580

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonda 1 kilometr kvadrat joyga 83,2 kishi to‘g‘ri kelgan.

Respublikada eng zich aholi hududlar orasida Toshkent shahrida, viloyatlar orasida esa Andijon viloyatida yashaydi.

Eng siyrak aholi Navoiy viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri keladi.

Aholi zichligi viloyatlar kesimida quyidagicha bo‘lgan (1 kilometr kvadratda);

  • Toshkent shahri – 6 909,6 kishi;
  • Andijon viloyati – 801, 3 kishi;
  • Farg‘ona viloyati – 610 kishi;
  • Namangan viloyati 418,7 kishi;
  • Xorazm viloyati – 334 kishi;
  • Samarqand viloyati – 254,9 kishi;
  • Toshkent viloyati – 204,4 kishi;
  • Sirdaryo viloyati – 216,5 kishi;
  • Surxondaryo viloyati – 145,7 kishi;
  • Qashqadaryo viloyati – 126,6 kishi;
  • Jizzax viloyati – 72,1 kishi;
  • Buxoro viloyati – 51,4 kishi;
  • Qoraqalpog‘iston – 12,1 kishi;
  • Navoiy viloyati 9,8 kishi.
Ko‘proq yangiliklar: