Germaniyaning Moskvadagi elchisi RF TIVga chaqirildi

Jahon 12:57 / 25.10.2024 4054

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Germaniyaning Moskvadagi elchisi Aleksandr Lambsdorfni chaqirtirdi, unga Sharqiy Germaniyaning Rostok shahrida Berlin tashabbusi bilan GFR HDK shtabi negizida NATO dengiz qo‘mondonligining mintaqaviy shtabi tashkil etilgani munosabati bilan keskin norozilik bildirildi. Bu haqda 22 oktyabr kuni Rossiya TIV  saytida chop etilgan xabarda aytiladi.

«Elchiga Germaniya hukmron doiralarining bu qadami Ikkinchi jahon urushi natijalarini keskin qayta ko‘rib chiqish va mamlakatni harbiylashtirish yo‘lining davomi ekanligi aytildi. 1990 yil 12 sentabrdagi Germaniyaga nisbatan yakuniy kelishuv to‘g‘risidagi shartnoma («2+4 shartnomasi»)ning 5-moddasi 3-bandi qoidalari qo‘pol ravishda buzilgan. Ularda sobiq GDR hududida xorijiy qo‘shinlarning joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik majburiyati bor edi», — deyiladi bayonotda.

Tashqi ishlar vazirligi Moskva Berlindan «zudlik bilan va keng qamrovli tushuntirish» talab qilganini ta’kidladi.

«Rossiya tomoni nafaqat Yevropa poytaxtlaridagi siyosatchilar, balki ularning Vashingtondagi kuratorlari ham Yevropa va Germaniya uchun SSSRga ko‘r-ko‘rona nafrat bilan yo‘g‘rilgan Parij va Londonning uchinchi reyx rahbariyati harakatlariga jimgina roziligi qanday ofat keltirganini unutib, tarixiy amneziyaga chalinganini ta’kidladi», deya qayd etdi Tashqi ishlar vazirligi.

Ko‘proq yangiliklar: