Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Turk Livan poytaxti Bayrutda Rafiq Hariri davlat shifoxonasi yaqinidagi Isroilning hujumini «dahshatli» deb atadi.
Turk xalqaro gumanitar huquqning tinch aholini himoya qilish bilan bog‘liq asosiy tamoyillariga hurmat ko‘rsatishga chaqirdi.
«Isroil tomonidan Rafiq Haririy davlat kasalxonasi yaqinida amalga oshirilgan hujum dahshatli», — deb yozadi BMT oliy komissari.
Turkning qayd etishicha, hujumda kamida 18 kishi halok bo‘lgan, ulardan to‘rt nafari bola, yana 60 kishi yaralangan.
Xalqaro gumanitar huquqning fuqarolarni himoya qilishga oid asosiy tamoyillariga rioya qilish kerak. Qurbonlar sonini, tinch aholining jarohatlanishini va fuqarolik obektlariga zarar yetkazishning oldini olish va kamaytirish uchun barcha ehtiyot choralarini ko‘rish zarur, dedi u.