Haqiqiy «Barsa» qaytdi
Barselona — Bavariya 4:1
Gollar: Rafinya (1, 45, 56), Levandovski (36) — Keyn (18).
Barselona – Penya, Balde, Martines, Kubarsi, Kunde, Pedri, Kasado, Lopes (de Yong, 61), Rafinya (Olmo, 76), Yamal, Levandovski.
Bavariya – Noyyer, Devis, Kim Min Chje, Upamekano, Gerreyru, Kimmix, Palinya (Goretska, 60), Olise (Sane, 60), Gnabri (Koman, 60), Myuller (Musiala, 60), Keyn.
Ogohlantirish: Kimmix (27).
So‘nggi olti o‘zaro o‘yinda myunxenliklarga jami 4:22 hisobida yutqazgan kataloniyaliklar birinchi revanshni olishdi. Hans-Diter Flik jamoasi turnirda ikkinchi g‘alabaga erishdi, nemislar qatorasiga ikkinchi bor yutqazdi.
«Barselona» va «Bavariya» futbolchilari ilk daqiqalardanoq bir-biriga tashlandi. Raqiblarning mudofaa chizig‘i ancha oldinda joylashgandi, maydon markazidagi zichlik shu qadar ediki, bunday joylashuvda himoyachilar ortiga to‘p oshirish bilan golli vaziyat yaratish qiyin kechmasdi. Kataloniyaliklar ham, nemislar ham raqibning tavakkalchilikka asoslangan taktikasidan foydalanishga urindi. «Barselona» esa birinchi urinishdayoq bunga erishdi. Mezbonlar Levandovski murakkab vaziyatda to‘pga ega chiqishi va Fermin nostandart harakat bilan to‘pni Rafinyaga yetkazishi orqali «Bavariya» pressingini yengib o‘tdi. «Barsa»ning braziliyalik sardori Kimmih orqaroqda qolib ketgani tufayli ofsaydga tushmadi va birga-bir vaziyatda Noyyerni aldab o‘tib, darvozani ishg‘ol qildi.
Ammo voqealarning keyingi rivoji kataloniyaliklar rejasi bo‘yicha kechmadi. Tezkor gol o‘tkazib yuborgan «Bavariya» to‘p va hududlar ustidan nazoratni qo‘lga oldi va mezbonlarni jarima maydoniga qamay boshladi. Ko‘k-anorranglilar keyingi 29 daqiqa davomida maydonning ikkinchi qismiga juda kam o‘tishdi — bavariyaliklar kuchli pressing uyushtirdi. Shu bilan birga, Flik jamoasi mudofaa chizig‘ini ortga qaytarmadi va raqibni ofsayd qopqoniga tushirishga urindi. Keynning 10-daqiqadagi goli bekor qilinishi murabbiyning rejasi ish berganini ko‘rsatdi, bu vaziyatda bir necha santimetr «Barsa»ni javob golidan qutqarib qoldi.
Lekin ko‘p o‘tmay Harri baribir o‘z maqsadiga erishdi — to‘p tezlik bilan jarima maydoniga yetkazib berilganida Kunde to‘sa olmadi, Martines Keynga xalal bera olmadi.
Shundan keyin mezbonlardan yana oldinga o‘tish talab qilindi. Katalonlar asta-sekinlik bilan o‘yinni his qila boshlashdi — Pedri ko‘proq to‘p bilan muomila qildi, Yamal fintlari bilan o‘zini eslatdi. Aynan Lamin yana bir golli hujumni boshlab berdi — Kim Min Je to‘pga yeta olmadi, Fermin uni Noyyerning yonidan o‘tkazdi, Levandovski esa uni bo‘sh qolgan darvozaga kiritib yuborishi qolgandi.
Bo‘lim oxirida vaziyat tenglashdi — raqiblar himoyachilar ancha oldinda joylashganidan kelib chiqib, uzun uzatmalar bilan o‘ynashga harakat qildi. Bu yana «Barsa»da o‘xshadi — Kasado maydonning ikkinchi qismida turib Rafinya tezlik olganida ajoyib pas berdi, sardor markazga ko‘chdi va to‘pni olis burchakka joylashtirdi. Dastlabki 45 daqiqalik yakunida tabloda 3:1 hisobi paydo bo‘ldi — «Barsa» to‘liq ustunlik qilmagan bo‘lsa-da, o‘zida yuzaga kelgan barcha vaziyatlardan foydalandi.
Tanaffusdan keyin mezbonlar kutilganidek himoyani orqaroqqa ko‘chirdi va «Bavariya»ni kenglikdan mahrum qildi. Myunxenliklar o‘yinning ko‘p qismida to‘pga egalik qilishda davom etdi, ammo endi keskinlik yo‘qolgandi. «Barsa» esa tezkor qarshi hujumlar evaziga jazolashda davom etdi.
Yamal Rafinyani yana bir bor oldinga tashladi va braziliyalik yana bir bor yuqori saviyasini namoyish etdi — darvozabonga yaqinlashmasdan zarba berib, to‘pni Noyyerning qo‘llari ostidan o‘tkazdi va o‘yindan oldingi so‘zlari uchun javob berdi, u intervyuda ushbu raqibga qarshi oldingi natijalar «Barselona»ga yarashmasligi va buni o‘zgartirish vaqti kelganini aytgandi.
Kompani oq bayroq ko‘tarmadi va to‘rttalik almashtirish bilan reaksiya ko‘rsatib, maydonga Sane, Musiala, Goretska va Komanni tushirdi, ammo uning futbolchilari allaqachon taqdirga tan berib bo‘lgandi — hujum qilishga bo‘lgan urinishlar xavfli vaziyatgacha yetib bormadi. Ko‘k-anorranglilar esa to‘pni egallab, muxlislarning hayqiriqlari ostida bir-biriga uzatib yurish bilan vaqt o‘tkazdi. Levandovskida yana bir gol urish imkoniyati bo‘ldi, ammo Yamalning ajoyib uzatmasidan keyin bo‘sh darvozani ishg‘ol etolmadi. «Barsa» o‘yinga mos bo‘lmasa-da yirik hisobni saqlab qoldi (zarbalar statistikasi – 12:11, darvozaga to‘g‘ri borgan zarbalar bo‘yicha – 4:3) va muxlislari uchun o‘ch olib berishdi. 4:1 — hozirgi «Barselona»ning kuchini va hech qanday raqibdan qo‘rqmasligini ko‘rsatadi.
Slotning raqamlari
Leypsig — Liverpul 0:1
Gol: Nunes (27).
Leypsig – Gulachi, Henriks, Lukeba, Orban, Gertryuyda (Bitshiabu, 74), Simons (Poulsen, 78), Aydara (Elmaz, 86), Vermeren (Kampl, 74), Nusa, Openda, Sheshko (Baumgartner, 74).
Liverpul – Kelleher, Tsimikas (Roberson, 75), van Deyk, Konate, Aleksander-Arnold (Gomes, 75), Mak Allister, Gravenberh, Soboslai, Gakpo, Nunes (Jons, 74), Saloh (Dias, 63).
Ogohlantirishlar: Lukeba (8), Mak Allister (12), Gertryuyda (23).
Kunning maqomi bo‘yicha ikkinchi o‘rindagi o‘yinin «Leypsig» faolroq boshladi, ammo Sheshko jarima maydoni tashqarisida bosh bilan o‘ynagan Kelleherni jazolay olmadi, Opendaning chiroyli goli esa ofsayd tufayli bekor qilindi. Bir necha daqiqa o‘tib esa Tsimikas hujumga o‘tishidan keyin Nunes urgan gol evaziga «Liverpul» hisobda oldinga chiqib oldi, bu vaziyatda u Salohning qarama-qarshi tomondagi ustun oldiga tashlab bergan to‘pni (bu zarba bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin) darvozaga kiritib yubordi.
Keyin esa darvozabonlar katta sahnaga chiqishdi. Gulachi o‘yinda intrigani saqlab qoldi, yana bir vaziyatda — Mak Allister hujum qilganida — vengriyalik posbonga to‘sin yordamga keldi. O‘z navbatida, Kelleher ham o‘z ishini yaxshi bajardi, ikki daqiqa ichida avvaliga Sheshkoni to‘xtatdi, keyin Simonsning xavfli zarbasini bartaraf etdi. Bu Arne Slot yana bir bor klub rekordlari kitobiga nomini yozdirib qo‘yishi uchun yetarli bo‘ldi. Qizillar niderlandiyalik mutaxassis boshqaruvidagi dastlabki olti safar uchrashuvida g‘alabaga erishdi, umuman, u tayinlanganidan keyin o‘tkazilgan 12 ta rasmiy o‘yindan 11 tasida g‘alaba qozondi.
Gvardiola Fergyusonning natijasini yaxshiladi
Manchester Siti — Sparta 5:0
Gollar: Foden (3), Holand (58, 68), Stounz (64), Nunesh (88, penalti).
Manchester Siti – Ortega, Ake (Gvardiol, 74), Akanji, Stounz (Diash, 74), Lyuis, Gundo‘g‘an (Kovachich, 69), Nunesh, Silva (Makati, 69), Foden, Savio, Holand (O`Rayli, 81).
Sparta – Vindal-Yyensen, Sorensen, Panak, Vitik, Rinesh (Vizner, 88), Lyachi, Kayrinen (Solbakken, 88), Presiado, Garaslin (Krasniki, 46), Birmanchevich (Danek, 74), Olatunji (Rahmani, 60).
Ogohlantirishlar: Stounz (7), Presiado (87).
Xosep Gvardiola bu mavsumda kadrlar muammosiga uchramoqda, u o‘yin arafasida Grilish va Doku ham safdan chiqqanini ma’lum qildi. Shu bilan birgalikda, de Bryuyne mashg‘ulotlarga qaytgan, ammo hozircha uni ehtiyotlashadi. «Sparta» bilan o‘yinda esa murabbiylar shtabida mavjud bo‘lgan resurslar ham yetarli edi, lekin bunday «cheklangan» tanlovga dunyodagi istalgan jamoa murabbiyi havas qilishi mumkin. O‘yin startidayoq hisobni ochgan Foden hozirda tetik va optimal formaga kirib bormoqda, u mavsum startini o‘tkazib yuborgandi. Chorshanba oqshomida Fil Chempionlar ligasida urilgan gollar soni bo‘yicha (17) de Bryuyne va Mahrezni ortda qoldirdi. Stouns yana gol urib, Gvardiolaning maqtovlari bejiz emasligini ko‘rsatdi.
Holand esa bu Holand. Norvegiyalikning bu o‘yindagi ilk goliga ta’rif berish qiyin. Lekin bu Erling oldin ham yo‘llagan, uning o‘ziga xos zarbasi. Darvozaga orqacha turib sakragan hujumchi tovoni bilan bergan zarbasi orqali Ibrahimovichni ham eslatib yubordi, uning ikkinchi goli esa buning fonida juda oddiy chiqdi. Skandinaviyalik bu oqshom het-trikka erishishi ham mumkin edi, ammo u ertaroq almashtirildi va o‘yin oxiridagi penalti Mateus Nunesga nasib etdi. Chexlar yirik hisobda tor-mor etilganidan keyin «Siti»ning turnirdagi mag‘lubiyatsiz seriyasi klub uchun rekord darajadagi 26 o‘yinga yetdi (+18=8). Shu tariqa, Gvardiola «MYu»ning Aleks Fergyuson davridagi natijasini yaxshiladi. Qolaversa, «shaharliklar» turnir doirasidagi uy uchrashuvlaridagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 33 o‘yinga yetkazgan (+29=4) — jamoa oxirgi bor 2018 yil sentabrida «Lion»ga yutqazib qo‘ygandi.
Indzagining oltin zaxirasi
Yang Boyz — Inter 0:1
Gol: Tyuram (90+3).
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Arnautovich (48).
Yang Boyz – fon Ballmos, Hajam, Benito, Blum, Lauper, Ugrinich, Lakomi (Elia, 77), Imeri (Males, 59), Monteyru, Virjiniyus (Kolli, 59), Ganvula (Itten, 86).
Inter – Zommer, Bissek, de Vrey, Pavar (Bastoni, 77), Augusto (Dimarko, 54), Dumfris, Mxitaryan (Zelinski, 61), Barella, Frattezi, Arnautovich (Martines, 61), Torimiy (Tyuram, 76).
Ogohlantirishlar: Hajam (33), Monteyru (35), Dumfris (36), Imeri (36), Males (81), Dimarko (88).
Simone Indzagi o‘yin arafasidagi matbuot anjumanida Chempionlar ligasida oson o‘yinlar bo‘lmasligi haqida gapirgandi. Ammo murabbiyning o‘zi vazifani qiyinlashtirib yubordi. Mehmonlarning qator yetakchilari zaxirada qoldirildi, ularning o‘rniga tushgan futbolchilar esa natijaga keltira olmadi. Xususan, Torimiyning tovoni bilan bergan pasidan keyin Bissek yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi. Dyumfris jarima maydoni ichida yiqitilganidan keyin Arnautovich penaltidan foydalana olmadi, mezbonlar posboni fon Ballmos qaytgan to‘pga berilgan ikkinchi zarbaga ham ulgurdi.
«Neradzurrilar» tarozi pallasini o‘z tomoniga og‘dirish uchun Lautaro Martines boshchiligidagi zaxira kuchlarni maydonga tashlashiga to‘g‘ri keldi. Lekin bu vaqtga kelib «Inter» hisobda ortda qolayotgan bo‘lishi ham mumkin edi, ammo Monteyruning zarbasidan keyin ustun mehmonlar joniga ora kirdi. Hal qiluvchi vaziyat esa arbitr tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda yuzaga keldi, jokerlar g‘alaba golini tashkillashtirishdi — Dimarko to‘pni jarima maydoniga uzatib berdi va unga Tyuram barchadan oldin ulgurdi. Milanliklar g‘alaba qozonish orqali klub rekordini o‘rnatdi, bungacha Italiya chempionlari biror marta YeChLni qatorasiga uch o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan holda boshlamagandi.
Yengilmas «Brest»
Brest — Bayyer 1:1
Gollar: Le-Melu (39) — Virts (24).
Brest – Bizot, Aydara, Kulibali, Shardonne, Lala, Manetti (Fernandesh, 83), Le-Melu, Kamara (Dumbiya, 83), Del Kastiyo (Fevr, 73), Sima (Balde, 66), Ajork (Sala, 72).
Bayyer – Kovarj, Grimaldo, Inkapie, Ta, Mukiyele (Tapsoba, 73), Garsiya, Palasios (Jaka, 63), Virts, Hofmann, Tella (Frimpong, 63), Shik (Adli, 63).
Ogohlantirishlar: Frimpong (72), Virts (74), Sala (84), Ta (90+2), Le-Melu (90+5).
«Brest» dastlabki turlarda kashfiyot jamoaga aylangandi, ammo baribir turnir debyutantining raqiblari asosiy autsayderlar — «Shturm» va «Zalsburg» bo‘lgandi. Shunday ekan, «Bayyer»ga qarshi o‘yin Erik Rua shogirdlari uchun ilk jiddiy sinov edi. Leverkuzenliklar mezbonlarning birinchi bo‘limdagi ilk xatosidan foydalanib, Virs hisobni ochganida, ko‘pchilik barchasi o‘z joyiga tushgani haqida o‘ylay boshlagandi. Ammo «Brest» o‘ziga ishonchsizlik bildirganlarga ishonchli javob qaytardi va Xabi Alonso aralash tarkib tushirganini inobatga olsak ham, munosib o‘yin ko‘rsatdi. Li-Melu birinchi bo‘limdayoq havodagi to‘pga chiroyli zarba berib, hisobni tenglashtirdi. «Brest»ning asosiy yetakchilaridan bo‘lgan ushbu futbolchi fevralda og‘ir jarohat olib safdan chiqqandi. «Bayyer» bilan o‘yin esa Li-Melu uchun shundan keyin ilk bor boshlang‘ich tarkibda tushishi bo‘ldi va u premerani ajoyib o‘tkazdi. «Brest» — fransuzlarning 1998 yildan buyon YeChLdagi debyutida qatorasiga uch o‘yinda yutqazmagan ilk vakiliga aylandi.
Jyenezioning kolleksiyasi
Atletiko — Lill 1:3
Gollar: Alvares (8) — Jyegrova (61), Devid (74 penalti, 89).
Atletiko – Oblak, Galan (Reynildu, 77), Ximenes, Vitsel, Molina (Simeone, 77), Gallaher (Lino, 77), Koke, De Paul, Alvares, Syorlot (Korrea, 65), Grizmann.
Lill – Shevale, Alessandro, Mandi, Ture (Diakite, 46), Pardo (Sahraui, 87), Kabella (Jyegrova, 16), Gudmundsson, Mene, Andre, Mukau (Gomes, 87), Bayo (Devid, 65).
Ogohlantirishlar: Galan (17), Ture (44), Mene (78), Ximenes (78).
«Atletiko»ning birinchi bo‘lim yakuniga ko‘ra minimal ustunligini namunali pressing ta’minladi, yosh Ture to‘pni oldirib qo‘yganidan keyin hisobni ochgan Alvares vaziyatdan foydalanish borasida Serlotga dars o‘tdi. Uning norvegiyalik ampluadoshi 45 daqiqa davomida vaziyatlarni yo‘qqa chiqarish bo‘yicha het-trik qayd etdi. U avvaliga jarima maydonida turib to‘pni orqa tomonga tepishni uddaladi, keyin yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi, Grizmanning kross uzatmasidan keyin esa bir necha metrdan turib yo‘llagan zarbasi to‘sin yuqorisidan o‘tib ketdi.
Ikkinchi bo‘limda esa «Lill»ning zaxiradan tushgan futbolchilari barchasini o‘zgartirishdi. Avvaliga Jyegrova turning eng chiroyli gollaridan biri bo‘ldi, u 16-daqiqada jarohat olgan Kabellani almashtirgandi. Hal qiluvchi so‘zni esa Devid aytdi, u dubl qayd etib, yil boshidan buyon urgan gollari sonini 28 taga yetkazdi va sermahsullik borasida o‘zining eng yaxshi natijasini yaxshiladi.
Shu tariqa, «Lill» «Real» ortidan «Atletiko»ni ham nokautga uchratib, fransuzlarning «matraschilar»ni safarda mag‘lub etgan ilk vakili bo‘ldi. Bruno Jyenezio esa taniqli mutaxassislarni mag‘lub etish bo‘yicha kolleksiya qilmoqda. Ushbu mutaxassis yevrokuboklarda Xosep Gvardiola, Joze Mourinio, Karlo Anchelotti (uchalasini «Lion» boshqaruvida) va Diyego Simeone kabi raqiblarni taslim etgan. Bungacha bunday ro‘yxat bilan faqat Yurgen Klopp maqtana olardi.
Shmeyxelning kuni
Atalanta — Seltik 0:0
Atalanta – Karnezekki, Kolashinats (Rujyeri, 78), Hin, Jimsiti, Pashalich (Zaniolo, 78), Bellanova (Samarjich, 58), Zappakosta, Ederson, de Ron, Lukman (Kuadrado, 69), Retegi (de Ketelare, 59).
Seltik – Shmeyxel, Vale, Skeylz, Trasti, Jonston, Hatate (Paulu Bernardu, 68), Makgregor, Engels (Makkouen, 75), Maeda (Palma, 74), Ida (Furuhasi, 68), Kyun (Forrest, 81).
Ogohlantirish: Jonston (8).
Bergamodagi durangni to‘laqonli sensatsiya deyish mumkin. «Atalanta» muxlislari hafsalasini pir qildi, chunki bergamoliklar yaqqol ustunlikdan foydalana olishmadi. O‘yin yakunigacha mezbonlar raqib jarima maydoni ichida 54 marta to‘p bilan muomila qildi, turnirning so‘nggi to‘qqiz mavsumida ikkinchi bor bunday ko‘rsatkich bilan gol urilmadi. Xususan, jamoa yarimhimoyachisi Pashalich o‘yin davomida kamida besh bor golli vaziyatni yo‘qqa chiqardi. Retegi va Lukmanda ham yaqqol golli vaziyatlar yuzaga keldi, ammo shu kuni Shmeyxel benuqson harakat qildi. U — «Seltik»ning YeChLda olti seyv ijro etib, darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan ilk darvozaboni bo‘ldi. Statistikaga ko‘ra, daniyalik qaytargan zarbalar xG bo‘yicha — 1,25 ni tashkil etgan.
Benfika — Feyyenoord 1:3
Gollar: Akturko‘g‘li (66) — Ueda (12), Milambo (33, 90+2).
Benfika – Trubin, Fernandes, Otamendi, Arauju, Ba (Shelderup, 88), Ko‘kchu (Sanshesh, 72), Florentinu (Amduni, 65), Eursnes, Di Mariya (Beste, 65), Akturko‘g‘li, Pavlidis (Artur, 72).
Feyyenoord – Vellenroyter, Bueno (Smal, 88), Gansko, Trauner, Lotomba (Haj-Musa, 75), Timber, Hvan In Bom, Milambo, Payshao, Ueda (Karransa, 75), Osman (Belen, 60).
Ogohlantirishlar: Timber (39), Amdunm (90+1), Sanches (90+2).
«Benfika»ga qaytgan Brunu Lajye faoliyatini qatorasiga olti g‘alaba bilan boshladi, ammo seriya «Feyyenoord» bilan o‘yinda to‘xtadi, mehmonlar o‘yin borasida «burgutlar»dan yaqqol ustunlik qildi va sakkizinchi urinishda Portugaliyadagi yevrokubok bahsida g‘alabaga erishdi. Qolaversa, rotterdamliklarning ikki goli bekor qilindi. Mehmonlar safida yaponiyalik Ueda golli seriyasini davom ettirdi, 19 yoshu 203 kunlik bo‘lgan Milambo esa Patrik Klyuyvert davridan buyon YeChLning qatorasiga ikki turida gol urgan eng yosh niderlandiyalikka aylandi.
Zalsburg — Dinamo Zagreb 0:2
Gollar: Kulenovich (49), Petkovich (84).
Zalsburg – Shlager, Terzich (Gindo, 82), Baydu, Piontkovski, Dedich, Kergor, Diambu (Baychetich, 58), Bidstrup (Kapaldo, 58), Glux (Blasvix, 69), Konate, Dagim (Dorjyeles, 58).
Dinamo Z – Nevistich, Torrente, Berno, Teofil-Katrin, Baturina (Kachavenda, 88), Ogivara (Per-Gabriel, 78), Ademi (Rog, 59), Mishich, Suchich (Stoykovich, 88), Ristovski, Kulenovich (Petkovich, 78).
Ogohlantirishlar: Bidstrup (18), Dedich (31), Piontkovski (73), Leynders (82), Rog (90).
Chetlatish: Shlager (66).
«Zalsburg»ning qulashi davom etmoqda, «Bavariya»ga 2:9 hisobida mag‘lub bo‘lingani ortidan Nenad Belitsa bosh murabbiylikka tayinlanganidan buyon «Dinamo» yutqazmayapti. Jamoa hujum chizig‘ida yosh Kulenovich asosiy skripkachi vazifasini bajarmoqda. U ikkinchi bo‘lib boshida hisobni ochdi va keyinroq mezbonlar darvozaboni Shlager maydondan chetlatilishiga sababchi bo‘ldi.
Kun statistikasi
- «Lill» darvozaboni Shevale bu mavsumda top-5 ligalarda o‘n beshta rasmiy o‘yinda maydonga tushgan 1-futbolchi bo‘ldi.
- «Bayyer»ning Virs gol urgan o‘yinlardagi g‘alabali seriyasi 10 o‘yindan iborat bo‘ldi.
- Holand «Manchester Siti» safida YeChLdagi 23 o‘yinda 20 gol urdi. Bu raqamga bundan tezroq — 21 o‘yinda — faqat «MYu»ning sobiq hujumchisi Rud van Nistelroy erishgan.
- 24 yosh-u 185 kunlik — «Barselona»ning YeChLda 2011 yildan buyon eng past o‘rtacha yoshi.
- «Bavariya» YeChLdagi ishtiroki tarixidagi eng tezkor golni o‘tkazib yuborishi uchun «Barselona» forvardi Rafinyaga 57 soniya yetarli bo‘ldi.
- «Bavariya» forvardi Harri Keyn yevrokuboklarda urgan gollari sonini 58 taga yetazdi. Chorshanba kuni u Eysebio va Ibrahimovichni ortda qoldirib, turnir tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 15-o‘ringa chiqdi.
- Germaniyalik yarimhimoyachi Ilkay Gundo‘g‘an «Manchester Siti» safida asosiy yevrokubokdagi 100-o‘yinini o‘tkazdi.
Turnir jadvalidagi vaziyat: