Tesla aksiyalari ijobiy prognozlar fonida 20 foizga qimmatlashdi

Jahon 23:10 / 24.10.2024 2272

Nasdaq birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, Tesla aksiyalari 24 oktyabr kuni 20,05 foizga qimmatlashib, har bir qimmatli qog‘oz narxi 256,5 dollarga chiqdi.

23 oktabr kuni asosiy sessiya yopilganidan keyin Tesla 2024 yil uchinchi chorak uchun moliyaviy natijalarini e’lon qildi. CNBC’ning yozishicha, kompaniya ko‘rsatkichlari tahlilchilar kutganidan ham yaxshiroq chiqqan:

uchinchi chorakdagi daromad o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8 foizga oshgan — 25,18 milliard dollar;

  • operatsion xarajatlar 6 foizga qisqargan — 2,28 milliard dollar;
  • EBITDA ko‘rsatkichi 24 foizga oshgan — 4,67 milliard dollar;
  • erkin pul oqimi 223 foizga ko‘tarilgan — 2,74 milliard dollar;
  • avtomobil yetkazib berish 6 foizga ko‘paygan — 462,89 ming donagacha.

Investorlar bilan muloqot davomida Tesla rahbari Ilon Mask Cybertruck elektromobilini ishlab chiqarish joriy yilda ilk bor foydaga kirganini ma’lum qilgan. Tadbirkor kelgusi yilda ushbu modeldagi avtomobillar savdosi 20-30 foizga oshishini prognoz qilmoqda. Shuningdek, u 2025 yildan Kaliforniya va Texasda taksi servisini ishga tushirish bo‘yicha nazorat organlaridan ruxsat olishiga ishonch bildirgan.

Goldman Sachs Goldman Sachs tahlilchisi Mark Delanining so‘zlariga ko‘ra, kelajakda Tesla’ning muvaffaqiyati birinchi navbatda kompaniya avtopilotga ega avtomobillarni ishlab chiqarish borasidagi va’dasini bajarishiga bog‘liq bo‘ladi. Delani Tesla’ning aksiyalari 250 dollar atrofida bo‘lishini ta’kidladi. Ammo Morgan Stanley boshqaruv direktori Adam Jonas esa kompaniya aksiyalari 310 dollarga chiqishi mumkinligini aytmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: