Polshalik chegarachilar Yevropa politsiya agentligi hamkorligida migrantlarni Belarus va Rossiyadan YeIga yetkazish bilan shug‘ullanib kelgan yirik jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘ydi. Tergov Yevropol nazorati ostida o‘tkazildi va unda Avstriya, Chexiya, Germaniya, Vengriya, Litva, Polsha, Slovakiya va Ukraina vakillari ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, operatsiya davomdia 11 nafar gumonlanuvchi, asosan, Polsha, Rossiya va Ukraina fuqarolari qo‘lga olingan. 11 ta obektda tintuvlar o‘tkazilgan, elektron qurilmalar va 80 ming zlotaga yaqin naqd pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
«A’zolari asosan polyaklari va boshqa davlatlar — Ukraina, Belarus, Rossiya va Gruziya fuqarolari bo‘lgan jinoiy to‘da faoliyatiga chek qo‘yildi. Ular kamroq maosh so‘raydigan YeI fuqarosi bo‘lmagan haydovchilar xizmatidan ham foydalanib kelgan», — deyiladi xabarda.
Jinoiy guruh Afg‘oniston, Misr, Iroq, Eron va Suriya fuqarolari qonuniy yo‘llar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki Rossiya orqali Belarusga kelgan. Shundan keyin jinoiy guruh a’zolari ularni Belarus—Polsha chegarasi olib borgan va u yerdan noqonuniy yo‘llar bilan qo‘shni davlatga o‘tkazib yuborgan. Polsha hududiga o‘tgan migrantlar yengil avtomobillarda YeIning boshqa mamlakatlariga, xususan, Germaniyaga olib borilgan.
Yevropolga ko‘ra, ushbu jinoiy tarmoq orqali 600 nafarga yaqin noqonuniy migrang Yevropa Ittifoqi hududiga kiritilgan. Kontrabandachilar o‘z xizmati evaziga 5 ming yevro olgan. Shuningdek, migrantlar Polshadagi haydovchilarga oxirgi manzilga yetkazib qo‘ygani uchun yana 500 yevro to‘lashi kerak bo‘lgan.
2021 yilning yoz va kuzida Polsha hamda Boltiq davlatlarida migratsiya inqirozi boshlandi — ushbu davlatlar hukumatlarining hisoblanishicha, bu Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko rejimi tomonidan uyushtirilgan. Belarus hukumati pul evaziga Yaqin Sharq davlatlaridagi minglab mingrantlarni Minskka olib kelib, u yerdan esa YeI bilan chegaraga joylashtirgan.