22 oktyabr, seshanba kuni kechqurun AQSh ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, AQSh prezidentligi saylovlarida millionlab amerikaliklar allaqachon ishtirok etgan – hozirgacha 17 milliondan ortiq saylovchi byulletenlarni pochta orqali yuborgan yoki oldindan ochilgan saylov uchastkalarida ovoz bergan.
To‘rt yil avval, prezidentlik saylovi pandemiya davrida o‘tkazilganda, 100 milliondan ortiq odam muddatidan oldin ovoz bergan. Tahlilchilarning aytishicha, bu yil muddatidan oldin ovoz berishning ommalashgani saylovchilarning ovoz berish odatlari o‘zgarganidan dalolat beradi.
Ilon Mask Tramp kampaniyasiga 75 mln dollar xayriya qildi
Amerikalik milliarder, Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask AQSh prezidentligi saylovlarida sobiq davlat rahbari, respublikachi Donald Trampni qo‘llab-quvvatlovchi America PAC siyosiy tashkilotiga uch oy davomida 75 million dollar xayriya qildi. Bu haqda 16 oktyabr kuni AQSh Federal saylov komissiyasi (FEC) e’lon qilgan hujjatda aytiladi.
Ushbu mablag‘larning katta qismi — 72 million dollar — 2024 yil iyul-sentabr oylari orasida o‘tkazilgan, Mask bu uch oy davomida America PAC'ning yagona donori bo‘lgan. The Washington Post gazetasi tashkilotni «milliarder Ilon Mask tomonidan Donald Tramp uchun saylovoldi tashviqotini olib borish uchun tuzilgan siyosiy harakatlar qo‘mitasi» deb ataydi.
«America PAC Trampning ikkinchi muddatga saylanishida asosiy o‘yinchi sifatida paydo bo‘ldi, u respublikachi nomzod saylovoldi tashviqotining so‘nggi haftalarida saylovchilarni jalb qilish bo‘yicha sa’y-harakatlar bo‘lishi mumkin», — deb yozadi jurnalistlar 15 oktyabrdagi nashrda.
O‘z navbatida, Reuters bu tashkilot o‘z sa’y-harakatlarini shtatlarda saylovchilarni safarbar etishga qaratayotganini tushuntiradi. Hisobotga ko‘ra, America PAC Trampni qo‘llab-quvvatlash uchun bir xil maqsadlarga ega bo‘lgan boshqa guruhlarga qaraganda ko‘proq pul sarflagan.