Jamiyat | 09:11 / 20.01.2025
3333
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Lacetti yo‘l o‘rtasidagi ustunga borib urildi

Amir Temur ko‘chasida 2003 yilda tug‘ilgan haydovchi Lacetti avtomashinasini boshqarib ketayotib rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi ustunga to‘qnashgan.

Foto: IIBB YHXB

Toshkent shahrining Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasida 19 yanvar kuni soat 01:00 larda YTH sodir bo‘ldi. 

Poytaxt IIBB YHXB xabar berishicha, haydovchi, 2003 yilda tug‘ilgan M.A. Lacetti avtomashinasini boshqarib ketayotib rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi ustunga to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida avtomashina yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid