Joriy yilning 7 fevral kuni soat 23:10 larda Yangihayot tumani "Navqiron" MFY hududidagi 30-uy qarshisida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi mast holatda rul boshqaruvini yo‘qotib to‘xtab turgan 2 ta Cobalt avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etib, to‘qnashuvdan so‘ng temir ustunga borib urilgan.
Yuqoridagi holat yuzasidan voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borgan YPX inspektorlari, guvohlar va haydovchi bilan suhbat jarayonida haydovchi o‘z so‘zidan mast holatda ekanligi ma’lum qilgan.
YTH natijasida Lacetti haydovchisiga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan dastlabki tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.